Logo

Banklar media maydonida qanday ishlayapti?

Бугун 21:224 дақиқа

PR LAB O‘zbekistondagi 25 ta bankning media maydonidagi ishtirokini nashrlar soni, mualliflar soni va materiallarning umumiy potensial qamrovi bo‘yicha tahlil qildi.

Banklar media maydonida qanday ishlayapti?

Bugun banklar nafaqat mahsulotlar va xizmatlar, balki auditoriya e’tibori uchun ham raqobatlashmoqda. Yangiliklar, Telegram-kanallar, ijtimoiy tarmoqlar va internet nashrlaridagi faollik bankning tanilishi va auditoriya tomonidan qabul qilinishiga ta’sir qiluvchi muhim omilga aylangan. Ammo bank haqida ko‘p material e’lon qilinishi uning axborot maydonidagi ishtiroki samarali ekanini anglatadimi?

PR LAB tadqiqoti doirasida banklar haqida jami 3 952 ta nashr aniqlandi, banklar kesimida 1 367 ta mualliflik qaydi keltirildi. Materiallarning umumiy potensial qamrovi esa 248,1 milliondan oshdi.

1

 

PR LAB talqiniga ko‘ra, media maydonidagi ishtiroki eng yuqori 10 ta bank

Banklarning pozitsiyasini baholashda uchta ko‘rsatkich — nashrlar, mualliflar va umumiy potensial qamrovdagi ulush birgalikda hisobga olindi.

1. Uzum Bank

2. TBC

3. Octobank

4. Kapitalbank

5. Ipotekabank

6. Ipak Yo‘li banki

7. Asia Alliance Bank

8. Trastbank

9. Garantbank

10. Davr Bank

Mazkur reyting banklarning obro‘si yoki PR-faoliyatining umumiy samaradorligini emas, ularning axborot maydonida qay darajada ko‘rinayotgani va kontenti qanchalik keng potensial auditoriyaga chiqayotganini ko‘rsatadi.

2

Uzum Bank: uchta asosiy ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi

Uzum Bank haqida 715 ta nashr aniqlangan — bu barcha materiallarning 18,1 foizi va tadqiqotdagi eng yuqori natija. Bank 318 nafar muallif bilan ham birinchi o‘rinda. Materiallarning umumiy potensial qamrovi 46,7 milliondan oshgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha ham Uzum Bank yetakchi.

TBC: kamroq nashr bilan katta qamrov

TBC haqida 551 ta nashr qayd etilgan, ularning umumiy potensial qamrovi esa 43 milliondan oshgan — tadqiqotdagi ikkinchi natija.

Bank hissasiga nashrlarning 13,9 foizi, umumiy potensial qamrovning esa 17,3 foizi to‘g‘ri keladi. Mualliflar soni — 223 nafar.

Octobank: yuqori media faollik

Octobank haqida 682 ta nashr qayd etilgan — Uzum Bank’dan keyingi ikkinchi natija. Bank hissasiga barcha nashrlarning 17,3 foizi to‘g‘ri keladi. Mualliflar soni bo‘yicha ham Octobank ikkinchi — 259 nafar. Potensial qamrov esa 17,1 million bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha bank beshinchi o‘rinda.

Kapitalbank: katta qamrov hisobiga kuchli pozitsiya

Kapitalbank haqida 359 nashr, 39 muallif qayd etilgan. Shunga qaramay, materiallarning umumiy potensial qamrovi 34,3 milliondan oshib, bankni bu ko‘rsatkich bo‘yicha uchinchi o‘ringa olib chiqqan,. Bir nashrga o‘rtacha qariyb 95 ming potensial qamrov to‘g‘ri keladi.

Ipotekabank: yuqori faollik va o‘sish imkoniyati

Ipotekabank haqida 383 ta nashr va 60 nafar muallif qayd etilgan. Materiallarning umumiy potensial qamrovi 14 milliondan oshgan.

Ipak Yo‘li banki: kamroq nashr, yuqori qamrov

Ipak Yo‘li banki haqida atigi 184 ta nashr aniqlangan bo‘lsa-da, ularning umumiy potensial qamrovi 21,3 milliondan oshgan. Bu bankka qamrov bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni bergan.

Asia Alliance Bank: muvozanatli media ishtirok

Asia Alliance Bank bo‘yicha 177 nashr, 54 muallif va 10,1 millionga yaqin potensial qamrov qayd etilgan.

Trastbank: bir nashrga qamrov bo‘yicha yetakchi

Trastbank haqida 90 ta nashr qayd etilgan, ularning umumiy potensial qamrovi 13,2 millionga yaqin. Bir nashrga o‘rtacha 146 mingga yaqin potensial qamrov to‘g‘ri keladi. Bu kamida 50 ta nashri qayd etilgan banklar orasidagi eng yuqori natijadir.

Garantbank: keng mualliflar doirasi

Garantbank haqida 111 ta nashr, 62 nafar muallif qayd etilgan. Umumiy potensial qamrov 4,3 millionga yaqin.

Davr Bank: ko‘rsatkichlar o‘rtasida mutanosiblik

Davr Bank kuchli o‘ntalikni yakunlaydi. Bank bo‘yicha 116 nashr, 38 muallif va 7 milliondan ortiq potensial qamrov qayd etilgan. Uchta asosiy ko‘rsatkichdagi ulushlar taxminan 3 foiz atrofida bo‘lib, media ishtirokning nisbatan mutanosib shakllanganini ko‘rsatadi.

Tadqiqotning asosiy xulosalaridan biri — nashrlar soni va potensial qamrov o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik har doim ham mavjud emas. «Bank haqida necha marta yozildi?» degan savolning o‘zi yetarli emas. Kontentni kim tarqatayotgani, qaysi platformalarda e’lon qilinayotgani va qanday auditoriyaga chiqayotgani ham muhim.

3

Sondan sifatga

Banklar o‘rtasidagi media raqobatda e’tibor asta-sekin «Kim ko‘proq material e’lon qildi?» degan savoldan «Kim auditoriyaga samaraliroq chiqyapti?» degan savolga ko‘chmoqda.

PR LAB tadqiqotining asosiy xulosasi: banklar o‘rtasidagi media raqobatning keyingi bosqichi materiallar soni uchun emas, balki auditoriya e’tibori va sifatli media ishtirok uchun kechadi.

Tadqiqot O‘zbekistondagi 25 ta bankning media-monitoring ma’lumotlariga asoslangan. Tahlilda materiallar soni, mualliflar soni va umumiy potensial qamrov hisobga olingan. Potensial qamrov hisob-kitob asosida shakllantiriladi va uni materiallarni ko‘rgan noyob foydalanuvchilarning aniq soni sifatida talqin qilish to‘g‘ri emas. Reytingda materiallarning ohangi, auditoriya munosabati, konversiya va kommunikatsiyalarning biznes ko‘rsatkichlariga bevosita ta’siri hisobga olinmagan.

Ma’lumotlar 2026-yil 1-yanvardan 30-iyungacha bo‘lgan davrni (I yarim yillik) qamrab oladi. Tahlilda OAV saytlari va Telegram-kanallardagi materiallar hisobga olingan.

Tadqiqotning batafsil natijalari, tahlil va qo‘shimcha ma’lumotlar — PR-LAB.uz saytida

Telefon: +998 (77) 177-21-21

Sayt: pr-lab.uz

Instagram: @prlab_uz

Теглар

Мавзуга оид