Erdo‘g‘an: «Bizda sunniylik yoki shialik deb nomlangan din yo‘q. Bizda faqat Islom bor»

Бугун 06:001 дақиқа

Turkiya rahbari Anqara hech qachon qardosh Eron xalqini din yoki millatiga qarab ajratmaganini ta’kidladi.

Erdo‘g‘an: «Bizda sunniylik yoki shialik deb nomlangan din yo‘q. Bizda faqat Islom bor»

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara hech qachon qardosh Eron xalqini mazhab yoki milliy mansubligiga qarab ajratmaganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Turkiya uchun turk, kurd, arab, shia yoki sunniy degan tushunchalar emas, balki inson omili birinchi o‘rinda turadi.

«Bizda sunniylik yoki shialik deb ataladigan din yo‘q. Bizda faqat Islom bor. Ildizimiz va mazhabimizdan qat’i nazar, avvalo barchamiz inson va musulmonmiz», — dedi Turkiya yetakchisi.

Erdo‘g‘an Turkiya ichida va tashqarisida yordamga muhtoj bo‘lgan har bir insonning yonida bo‘lishda davom etishini ta’kidladi.

U o‘z nutqida Iroq, Somali, Suriya, Ukraina, Sudan, Livan, Yaman va Liviya kabi davlatlarga ko‘rsatilgan doimiy ko‘mak davom ettirilishini ta’kidladi. Turkiya rahbari Anqara irqiy, diniy va til bo‘yicha kamsitishlarni qat’iyan rad etishini qo‘shimcha qildi. Unga ko‘ra, bu siyosat nafaqat mamlakat ichida, balki xalkaro maydonda ham izchil davom ettiriladi.

Shuningdek, Turkiya yetakchisi ijtimoiy tarmoqlarda avj olayotgan mazhablararo adovatdan ogohlantirdi. U eski nizolarni qayta jonlantirishga bo‘lgan urinishlarni urushning bir fronti deb atadi va mintaqa xalqlarini bunday fitnalarga nisbatan hushyor bo‘lishga chaqirdi.

Теглар

Мавзуга оид