Logo

Eron bosh murabbiyi: «Jahon chempionatida eng ko‘p jabr ko‘rgan jamoa biz bo‘lsak kerak»

Бугун 08:001 дақиқа

Jamoa Yangi Zelandiyaga qarshi bahsdan so‘ng Meksikaga qaytishga majbur qilingan.

Eron bosh murabbiyi: «Jahon chempionatida eng ko‘p jabr ko‘rgan jamoa biz bo‘lsak kerak»

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Amir Galanoi Yangi Zelandiyaga qarshi 2:2 hisobidagi durangdan keyin jamoa uchun o‘rnatilgan tashkiliy cheklovlardan noroziligini bildirdi.

Uning aytishicha, jamoa o‘yindan so‘ng Los-Anjelesda tunab qolmoqchi bo‘lgan, ammo buning o‘rniga ulardan darhol Meksikaga qaytish talab qilingan.

«Biz kuch to‘plash uchun bugun kechqurun shu yerda qolishimiz va ertaga tushlik vaqtida qaytishimiz kerak edi, lekin bizga ruxsat berishmadi. To‘g‘risini aytsam, buning sababini mutlaqo bilmayman. Menimcha, bizning jamoamiz butun Jahon chempionatidagi eng ko‘p jabr ko‘rgan jamoa bo‘lsa kerak», — dedi Galanoi.




AQSH vizalari bilan bog‘liq noaniqliklar va xavfsizlik omillari sabab Eron futbol federatsiyasi Jahon chempionati boshlanishidan avval jamoaning yig‘in bazasini AQSHninig Arizona shtatidan Meksikaning Tixuana shahriga ko‘chirishga qaror qilgan edi.

Natijada futbolchilar har bir o‘yin uchun Meksikadan AQSHga uchib kelishga majbur bo‘lmoqda.

Taremi: «Bu futbol uchun ham yaxshi emas»

Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Taremi ham vaziyatdan norozi ekanini bildirdi.

«Bu biz uchun yaxshi emas. Menimcha, bu futbol uchun ham yaxshi emas. FIFA bizga ko‘proq yordam berishi kerak. Bu juda yomon va jamoamizga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, biz faqat tinchlikni xohlaymiz», — dedi Taremi.

Теглар

Мавзуга оид