Logo

Fridrix Mers: «Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvda o‘zi kutgan natijaga erisholmadi»

18.10.2025 | 22:202 дақиқа

Germaniya kansleri Fridrix Mersga ko‘ra, Vashingtondagi muzokaralar Ukraina prezidenti kutganidek o‘tmagan. Volodimir Zelenskiyning Tomahawkʼlarni qo‘lga kiritish bo‘yicha vajlari Trampni ishontirolmagan.

Fridrix Mers: «Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvda o‘zi kutgan natijaga erisholmadi»
Germaniya kansleri Fridrix Mers Tramp va Zelenskiyning 17 oktyabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvini sharhlar ekan, tashrif «Zelenskiy istaganidek o‘tmadi», deb bayonot berdi. Uning fikricha, bu voqea Ukrainaga Yevropa yordami qanchalik zarur ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. «Bu tashrif — Zelenskiy xoxlagan natija emas. Uchrashuv shunni ko‘rsatdiki, Ukrainaga yordam berishi kerak bo‘lgan asosiy kuch — bu Yevropa Ittifoqidir», — degan Mers N-TV telekanaliga. U Germaniya rasmiy Kiyevni «moliyaviy, siyosiy va harbiy jihatdan» qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini ta’kidladi. Tramp va Zelenskiyning muzokarasi ikki soatdan ortiq davom etgan. Ochiq qismida AQSH prezidenti Moskva va Kiyevni «deskalatsiyaga erishish uchun qo‘shma sa’y-harakatlarga chaqirgan». Axios manbalariga ko‘ra, Tramp aniq bayonot bergan: Vashington hozircha Kiyevga uzoq masofali Tomahawk raketalarini yetkazib berish niyatida emas. Manbalardan biri suhbatni «murakkab», ikkinchisi esa «sovuq va ehtirosli» deb ta’riflagan. «Hech kim baqirmadi, lekin Tramp o‘z so‘zida juda qattiq turdi», — degan birinchi manba. Uchrashuvdan so‘ng Tramp Truth Social’da bayonot yozdi: «Front chizig‘ida yetarlicha qon to‘kildi. Ular to‘xtashlari kerak. Har ikki tomon ham o‘zini g‘olib deb e’lon qilsin, tarix hukm chiqaradi. Boshqa otishmalar, o‘limlar va isrof yo‘q. Bu urush men prezident bo‘lganimda hech qachon boshlanmasdi», — dedi u. Zelenskiy jurnalistlarga bergan bayonotida uchrashuvni «samarali» deb baholadi, ammo raketalar bo‘yicha optimizm bildirmadi: «Men realistman. Biz «Tomahawk» haqida gaplashdik, lekin AQSH keskinlikni oshirishni istamayapti». Manbalarning ta’kidlashicha, Tramp Ukrainaga uzoq masofali Tomahawk raketalarini berishdan bosh tortgan, garchi Zelenskiy bu masalada qattiq turib olgan bo‘lsa ham. CNN manbalari ham bu ma’lumotni tasdiqlab, Trampda «Kiyev urushni uzaytirish va keskinlikni kuchaytirishga moyil», degan taassurot qolganini bildirgan.

Теглар

Мавзуга оид