Logo

Ichki aviaqatnovlar uchun chiptalar narxi 20 foizgacha arzonlashadi

Бугун 10:331 дақиқа

Raqobat qo‘mitasi va «Uzbekistan Airways» hamkorligida ichki aviaqatnovlar bo‘yicha tariflar qayta ko‘rib chiqilib, 16-oktabrdan narxlar pasaytiriladi.

Ichki aviaqatnovlar uchun chiptalar narxi 20 foizgacha arzonlashadi © Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekistonda 16-oktabrdan boshlab ichki aviaqatnovlar uchun chiptalar narxi 20 foizgacha pasaytiriladi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

O‘zgarishlar qo‘mita va «Uzbekistan Airways» hamkorligida amalga oshirilmoqda. Qo‘mita prezident topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida aviatsiya bozoridagi ichki qatnovlar tariflari, narxlarning shakllanishi va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rgangan.

O‘rganishlar davomida aviaqatnovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq tashish xarajatlarini optimallashtirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shu asosda ichki yo‘nalishlarda chiptalar narxini tushirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Mazkur takliflar tegishli yuqori turuvchi organlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Shundan so‘ng aviakompaniya bilan hamkorlikda ichki aviaqatnovlar tariflari qayta ko‘rib chiqilgan.

Arzonlashishdan maqsad nima?

Raqobat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, narxlarni pasaytirishdan asosiy maqsad aholi uchun aviaqatnovlarni qulayroq va hamyonbop qilishdir.

Chiptalar narxining tushirilishi ichki turizmni rivojlantirishga ham xizmat qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, o‘zgarishlar xizmat safarlari va shaxsiy tashriflar xarajatlarini kamaytirishga yordam berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonidagi hujumlardan keyin ham «Uzbekistan Airways»ning Jidda va Madinaga parvozlari davom etayotganligi haqida xabar berilgandi.

Теглар

Мавзуга оид

Ichki aviaqatnovlar uchun chiptalar narxi 20 foizgacha arzonlashadi | Vaqt.uz