Logo

Ikki viloyatda 15 ming dollardan ortiq narkotik moddalar savdosining oldi olindi

Бугун 11:051 дақиқа

Reyd davomida 1 afg‘onistonlik ham ushlangan. Musodara qilingan giyohvandlik vositalarining umumiy hajmi 7 kilodan oshadi.

Ikki viloyatda 15 ming dollardan ortiq narkotik moddalar savdosining oldi olindi

Termizdagi xalqaro savdo markazida 1986-yilda tug‘ilgan Afg‘oniston fuqarosi 6 kg 342 gramm gashishni 15 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Ma’lum qilinishicha, xorijlik ushbu moddani mamlakatga kontrabanda yo‘li bilan olib kirgan va sotishga mo‘ljallangan choponlar orasiga yashirgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining yana bir reydida esa Andijon viloyati Paxtaobod tumanida 1986-yilda tug‘ilgan, avval giyohvandlik vositalari savdosi uchun sudlangan shaxsning xonadoni tekshirilgan. U yerdan 1 kg 157 gramm gashish va 1 946 dona «Regapen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi topilgan. 

Shuningdek, undan «Regapen» sotib olmoqchi bo‘lgan 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro ham ushlangan. Uning yonidan 1,5 gramm gashish va ikki dona «Regapen» olingan.

Har ikki holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda 35 ming AQSH dollariga simob sotgan shaxslar qo‘lga olingandi.

Теглар

Мавзуга оид