Isroil dunyodagi eng yirik gaz koniga hujum qildi

Hujum haqidagi xabarlar fonida xalqaro birjada gaz narxi rekord darajaga yetdi.

Isroil dunyodagi eng yirik gaz koniga hujum qildi

Eron hukumati Amerika Qo‘shma Shtatlari va Isroil «Janubiy Pars» neft-gaz koniga hamda unga tegishli infratuzilmaga zarbalar berganini da’vo qildi. Bu haqda «Bloomberg» agentligi mamlakat davlat televideniyasiga tayanib xabar bermoqda.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shni Assaluyedagi neft va neft-kimyo korxonalari ham zarar ko‘rgan.

«Bloomberg» qayd etishicha, agar bu ma’lumot tasdiqlansa, nizo boshlanganidan beri Erondagi bunday obyektlarga qilingan ilk hujum bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, Shimoliy va Janubiy Pars dunyodagi eng yirik tabiiy gaz konini tashkil etadi. Unga Eron va Qatarga birgalikda egalik qiladi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hujum haqidagi xabarlar fonida TTF birjasida aprel oyidagi gaz yetkazib berish narxi ming kubometr uchun 611 dollarga yetdi. Bir necha soat ichida kotirovkalar o‘nlab dollarga, fevral oxiridan beri esa ikki baravardan ko‘proqqa oshdi.

Avvalroq Qatar va BAA Erondagi urush tufayli suyultirilgan tabiiy gaz (STG) eksportini to‘xtatgan edi, bu esa darhol dunyo bozorida gaz narxi oshishiga sabab bo‘ldi.

Мавзуга оид