Logo

Jamoat transportlarida ATTO kartalaridan foydalanish kamaymoqda

2026-yilda jamoat transportida umumiy naqdsiz to‘lovlar ko‘paygan bo‘lsa-da, ATTO kartalari ulushida kutilmagan o‘zgarish kuzatilmoqda.

Jamoat transportlarida ATTO kartalaridan foydalanish kamaymoqda

2026-yilning iyun oyida O‘zbekiston jamoat transportida 63,6 millionta to‘lov tranzaksiyasi amalga oshirildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28 foizga ko‘pdir.

Biroq umumiy o‘sish fonida ATTO transport kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar kamaydi. 6 oyda ushbu kartalar orqali 88 mln 709 mingta tranzaksiya qayd etildi. Bu 2025-yilning birinchi yarmi bilan taqqoslaganda 27 mln 785 mingtaga yoki 24 foizga kam hisoblanadi. Natijada ATTO kartalarining umumiy to‘lovlardagi ulushi 35 foizdan 22 foizga tushdi.

Kartalar ulushi qisqarmoqda


Pasayish ayniqsa 2026-yil davomida tezlashgan. 2025-yil yanvarda ATTO kartalari orqali 19 mlndan ortiq to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa, 2026-yilning shu oyida ko‘rsatkich 15,2 milliontani tashkil etdi.

Keyingi oylarda ham kamayish tendensiyasi saqlanib qoldi. Iyun oyida yarim yillikdagi eng past natija — 12,5 millionta tranzaksiya qayd etildi.

Yillik taqqoslashda eng katta pasayish may oyiga to‘g‘ri keldi. Ushbu oyda ATTO transport kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga kamaydi.

2025-yil 1-yanvardan Toshkent shahri jamoat transporti to‘liq naqdsiz to‘lov tizimiga o‘tkazilgan edi. Shundan keyin yo‘lovchilar bank kartalari, mobil ilovalar, ATTO kartalari va QR-kodlar orqali to‘lov qilish imkoniga ega bo‘ldi.

ATTO kartalari bilan amalga oshirilgan to‘lovlar kamayishi fonida bank kartalari orqali qilingan tranzaksiyalar ko‘paymoqda. Iyun oyida bank kartalari orqali jami 44 410 574 tani tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 62 foizga o‘sdi.

Hududlar kesimida qaralganda, jamoat transportidan foydalanuvchilar soni iyun oyida oshgan. Poytaxtdan tashqari eng ko‘p tranzaksiyalar Samarqand shahrida (4 260 282 ta) amalga oshirilgan. Keyingi eng ko‘p amalga oshirilgan to‘lovlar esa Qarshi (1 539 058 ta) va Namangan (1 489 691 ta) shaharlarida kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz
, may oyida Toshkent shahrida jamoat transportidan foydalanuvchilar soni qisqarib, amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan avtobuslarda 9 foizga, metropolitenda 3 foizga kamaygandi.

Теглар

Мавзуга оид

Jamoat transportlarida ATTO kartalaridan foydalanish kamaymoqda | Vaqt.uz