Logo

JCH-2026. Holandning goli Norvegiyani 1/8 finalga olib chiqdi

Бугун 00:201 дақиқа

Vikinglarni keyingi bosqichda Braziliya kutmoqda.

JCH-2026. Holandning goli Norvegiyani 1/8 finalga olib chiqdi

Jahon chempionatida 1/16 final bosqichi davom etmoqda.

To‘rtinchi juftlikda Norvegiya Kot-d'Ivuar bilan to‘qnash kelib, Holandning so‘nggi daqiqalardagi goli evaziga g‘alabani ilib ketdi.

Vikinglar nimchorakfinalda 5-iyul kuni Braziliyaga qarshi maydonga tushadi.

JCH-2026. 1/16 final
Kot-d'Ivuar — Norvegiya 1:2

30-iyun, Arlington.
Gollar: Diallo (74) — Nusa (39), Holand (86).
Kot-d'Ivuar — Fofana, Due, Kossunu, Agbadu, Konan (Ture, 90+3), Sangare, Kessie, Oulai (Diallo, 60), Pepe (Diakite, 87), Doimande (Gessand, 90+3), Bonni (Vai, 60).
Norvegiya — Nyuland, Pedersen (Eursnes, 83), Ayer, Heggem, Volfe, Edegor, Berg, Berge, Syorlot (Bobb, 71), Nusa (Shelderup, 71), Holand.
Ogohlantirish: Nusa (45+1).

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Мавзуга оид