JCH-2026. Marokash Niderlandiyani musobaqadan chiqarib yubordi
G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Endi mag‘ribliklar 1/8 finalda mezbonlardan biriga qarshi o‘ynaydi.

Jahon chempionatida 1/8 finalning yana bir ishtirokchisi aniqlandi.
Marokash va Niderlandiya o‘rtasidagi 1/16 finalning markaziy o‘yinlaridan birida asosiy bo‘limlarda g‘olib aniqlanmadi. Gakponing goliga mag‘ribliklardan Diop 90+1-daqiqada javob berdi. Qo‘shib berilgan bo‘limlarda darvozalar daxlsiz qoldi, penaltilar seriyasida esa Afrika vakili ustun keldi.
Marokash nimchorakfinalda turnir mezbonlaridan biri Kanadaga qarshi maydonga tushadi.
JCH-2026. 1/16 final
Niderlandiya — Marokash 1:1
Penaltilar seriyasi — 2:3.
29-iyun. Monterrey Gollar: Gakpo (72) — Diop (90+1).
Niderlandiya — Verbryuggen, van Hekke, van Deyk, Ake (Kopmeyners, 71), Dumfris, van de Ven (Hato, 86), de Yong (de Ron, 110), Gravenberh (Timber, 86), Sammervill, Gakpo (Klyuyvert, 113), Brobbi (Veghorst, 71).
Marokash — Bunu, Hakimi, Diop, Riad (Saloh Eddin, 75), Mazraui, Buaddi (Al Murabet, 79), Al Aynaui, Dias (Yosin, 79), Unai (Rahimi, 86), Al Hannus (Talbi, 87), Saybari.
Ogohlantirish: Diop (47).





