Logo

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari aniqlandi

Бугун 09:322 дақиқа

2026-yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti asimmetrik organik sintezdagi nochiziqli effektlar va avtokataliz kashfiyoti uchun berildi.

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari aniqlandi © Nobel qo‘mitasi

2026-yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti Fransiyalik Anri Kagan va yaponiyalik Kenso Soaiga berildi. Ular «asimmetrik organik sintezdagi nochiziqli effektlar va avtokataliz»ni kashf etgani uchun mukofotga sazovor bo‘ldi.

Kagan Parij-Janubiy universiteti, Soai esa Tokio fan universiteti vakili hisoblanadi. Nobel qo‘mitasi olimlarning ishlari kimyoviy reaksiyalarda molekulalarning bir xil yo‘nalishda shakllanishini tushunishda muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidladi.

«Anri Kagan va Kenso Soai bir asrdan ortiq vaqt davomida mavjud bo‘lgan kimyoviy jumboqqa — gomoxirallikning o‘z-o‘zidan qanday paydo bo‘lishi mumkinligiga yechim topdi», — dedi kimyo bo‘yicha Nobel qo‘mitasi raisi Hayner Linke.

Farmatsevtika uchun ahamiyati

Qo‘mitaga ko‘ra, olimlar kashfiyotlari farmatsevtika preparatlarini ishlab chiqarishda qo‘llanadigan kimyoviy reaksiyalarni loyihalash uchun muhim asos yaratgan.

Asimmetrik sintezda molekulaning o‘ng va chap shakllaridan keraklisini tanlab olish muhim. Bunday xususiyat dorilarning organizmda qanday ta’sir qilishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Kagan va Soaining tadqiqotlari esa bunday jarayonlarda kichik boshlang‘ich farqlar qanday qilib kuchayib, reaksiya natijasida bir xil molekulyar shaklning ustun bo‘lishiga olib kelishini tushuntirishga yordam berdi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti Susumu Kitagava, Richard Robson va Omar Yagiga metall-organik karkas tuzilmalarini ishlab chiqqani uchun berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi «Nobel haftaligi» 6-oktabr kuni fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha mukofotlar e’lon qilinishi bilan boshlandi. Fizika bo‘yicha mukofot esa koinot neytrinolarini tadqiq qilgani uchun Frensis Halsenga berildi.

8-oktabr kuni adabiyot bo‘yicha, 9-oktabr kuni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari ma’lum qilinadi. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha mukofot 12-oktabrda e’lon qilinadi.

Teglar:

SEO title:

Meta description:

Теглар

Мавзуга оид

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari aniqlandi | Vaqt.uz