Logo

Lavrov Germaniya bilan «haqiqiy urush» boshlanganini aytdi

Бугун 08:202 дақиқа

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Germaniyaning Leypsigdagi dron hodisasi bo‘yicha Moskvaga nisbatan ayblovlarini keskin tanqid qildi. Berlin esa Rossiyani ayblamoqda.

Lavrov Germaniya bilan «haqiqiy urush» boshlanganini aytdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Germaniyaning Leypsig aeroportidagi dron hodisasi bo‘yicha Moskvaga qo‘ygan ayblovlarini «haqiqiy urush» boshlanishining belgisi deb atadi. U bu haqda 6-sentabr kuni rossiyalik jurnalist Pavel Zarubinga bergan intervyusida bildirdi.

«Leypsig, aeroport... Qandaydir dron topishdi. Uni Rossiya droni deyishdi, hech kim tekshirib ko‘rmadi. Bu, umuman olganda, aslida, haqiqiy urushning boshlanishi», — dedi Lavrov.

Shuningdek, Lavrov Germaniyaning Bonn shahridagi Rossiya bosh konsulligini yopayotganini va Berlindagi Rus uyi faoliyatini to‘xtatayotganini keskin qoraladi. U bu harakatlarni Ikkinchi jahon urushi arafasida Berlin tomonidan diplomatik vakolatxonalarning yopib qo‘yilishiga qiyosladi.

Leypsigda nima bo‘ldi?

Avgust oyida Germaniyaning Leypsig shahridagi aeroport hududida dronlar bilan bog‘liq uchta hodisa yuz berdi. Germaniya hukumati va Yevropa ommaviy axborot vositalari sodir bo‘lgan hodisalarga Rossiyaning aloqasi borligini bildirdi.

5-avgust kuni Leypsig aeroporti hududida Ukrainaning «An» rusumli yuk samolyoti yaqinidan uchuvchisiz uchish apparati topildi. Oradan 20 daqiqa o‘tgach, DHL kompaniyasiga tegishli samolyot qo‘nishga tayyorlanayotgan paytda yana bir dron paydo bo‘ldi. Ekipaj hajmi 30 santimetrlik qurilmani payqab qolgach, samolyotni ikkinchi aylanishga yo‘naltirishga va Gannoverga qo‘nishga majbur bo‘lgan.

25-avgust kuni Germaniya politsiyasi Leypsig/Galle aeroportidagi hodisadan so‘ng uchinchi dronni ham aniqlagan.

31-avgust kuni Germaniya kansleri Fridrix Mers dronlar bilan bog‘liq ushbu vaziyatga munosib javob qaytarish maqsadida Berlin Yevropa Ittifoqi va NATO bilan o‘z harakatlarini muvofiqlashtirganini e’lon qildi.

Vaziyat keskinlashdi

Bu voqealar ortidan Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi diplomatik aloqalar yanada taranglashdi.

1-sentabr kuni Germaniya hukumati Berlindagi Rus uyi faoliyati to‘g‘risidagi bitimni bekor qildi. 8-sentabr kuni esa Rossiyaning Bonndagi bosh konsulligi yopiladi.

Shu bilan birga, Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful rasmiylar Rossiya fuqarolari uchun mamlakatga kirish nazoratini keskin kuchaytirishini ma’lum qilib, Rossiyaning «soya floti»ga nisbatan bosimni oshirishga chaqirgan.

Теглар

Мавзуга оид

Lavrov Germaniya bilan «haqiqiy urush» boshlanganini aytdi | Vaqt.uz