Mikromoliya tashkilotlari aktivlari hajmi bir yilda 47 foizga o‘sdi

Бугун 12:551 дақиқа

Mikromoliya tashkilotlari ajratgan kreditlar hajmi esa 8,2 trln so‘mdan 11,8 trln so‘mgacha oshgan.

Mikromoliya tashkilotlari aktivlari hajmi bir yilda 47 foizga o‘sdi © brb.uz

O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlari aktivlari 2026 yil 1-aprel aprel ko‘ra, 13,3 trln so‘mga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

2025 yilning shu davrida mikromoliya tashkilotlari aktivlari 9,1 trln so‘mni tashkil etgan edi. Shu tariqa, bir yil ichida o‘sish qariyb 47 foizga teng bo‘ldi.

Markaziy bank hisobotida qayd etilishicha, aktivlar o‘sishining asosiy drayveri kredit faoliyati bo‘lib qolmoqda. Jumladan, ajratilgan kreditlar hajmi 8,2 trln so‘mdan 11,8 trln so‘mgacha oshgan.

Shuningdek, mikromoliya tashkilotlarining jami kapitali ham o‘sgan. Ko‘rsatkich 2,6 trln so‘mdan 3,6 trln so‘mgacha ko‘tarilib, 38 foizlik o‘sish qayd etilgan.

Regulyator bu holatni tashkilotlar ustav kapitali oshishi va sektorning ichki moliyaviy bazasi mustahkamlanayotgani bilan izohlamoqda.

Mikromoliya tashkilotlari majburiyatlari hajmi ham sezilarli ravishda o‘sgan. Bir yil ichida ko‘rsatkich 6,5 trln so‘mdan 9,7 trln so‘mgacha yetgan yoki 49 foizga oshgan.

Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlari sonida sezilarli o‘sish kuzatilgan. 2024 yilda mamlakatda 119 ta yangi mikromoliya tashkiloti ochilgan bo‘lsa, 2025 yilda esa o‘tgan yilga nisbatan 53 ta ko‘p ochilgan.

Теглар

Мавзуга оид

Mikromoliya tashkilotlari aktivlari hajmi bir yilda 47 foizga o‘sdi | Vaqt.uz