O‘zbekistonda tibbiyot sohasida faoliyat yurityotgan xorijiy korxonalar soni ma’lum qilindi

Кеча 21:251 дақиқа

2026 yil 1-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida 140 ta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda, eng ko‘p ulush Turkiya va Xitoyga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonda tibbiyot sohasida faoliyat yurityotgan xorijiy korxonalar soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 140 taga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur korxonalar mamlakat tibbiyot tizimida muhim o‘rin egallab, turli xizmatlar ko‘rsatish va investitsiyalarni jalb etishda ishtirok etmoqda.

Eng ko‘p korxona ochgan davlatlar

Mamlakatlar kesimida eng ko‘p korxonalar Turkiyaga to‘g‘ri kelib, ularning soni 27 tani tashkil etgan. Shuningdek, Xitoydan 21 ta, Rossiyadan 18 ta va Hindistondan 17 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Qozog‘istondan 11 ta, Ozarbayjon va Janubiy Koreyadan 10 tadan, Qirg‘izistondan 6 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan. Birlashgan Arab Amirliklari va Yaponiyadan esa 4 tadan korxona faoliyat olib bormoqda.

Qolgan 12 ta korxona boshqa davlatlarga to‘g‘ri keladi. Mutaxassislar bu ko‘rsatkichlar tibbiyot sohasida xalqaro hamkorlik va investitsiya faolligi oshib borayotganini ko‘rsatishini ta’kidlamoqda.

Теглар

Мавзуга оид