Logo

Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

Бугун 10:031 дақиқа

Rustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmatining raisi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Prezident farmoni bilan unga general-leytenant harbiy unvoni berildi.

Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

Rustam Mirzayevich Jo‘rayev O‘zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati (PDXX) raisi etib tayinlandi.

Shuningdek, Prezident farmoni bilan unga general-leytenant harbiy unvoni berildi.

Tayinlovga qadar Rustam Jo‘rayev 2026 yil yanvaridan buyon Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Yangi lavozimda u 2020 yil dekabridan buyon Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilib kelgan Alisher Usmonov o‘rnini egalladi. Avvalroq Usmonovning ishdan haydalgani haqida xabar berilgandi.

Rustam Jo‘rayev kim?

Rustam Jo‘rayev 1968 yilda tug‘ilgan. U 1994 yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

Faoliyati davomida IIV tizimi, Prezident apparati, Toshkent shahri, Namangan va Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, 2017–2018 yillarda favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lgan.

2020 yil mart oyidan 2026 yil yanvarga qadar Milliy gvardiya qo‘mondoni sifatida faoliyat yuritgan. Keyin esa ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Prezident davlat xavfsizlik xizmati — prezident, uning oila a’zolari, sobiq prezident va uning oila a’zolarining butun hayoti davomida, shuningdek, xorijiy davlatlar rahbarlarining tashriflari chog‘ida ularning va boshqa qo‘riqlanuvchi shaxslarning, ularga tegishli obyektlar hamda harakatlanish yo‘nalishlarining xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan maxsus davlat organidir. PDXX bevosita Prezidentga bo‘ysunadi va unga hisobdor.

Теглар

Мавзуга оид