Putin va Zelenskiy 15 may kuni Istanbulda uchrashishi mumkin
12.05.2025 | 10:203 дақиқа
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina rahbariyatini 15 may kuni Istanbulda bevosita muzokaralarni qayta boshlashga chaqirdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy unga javoban shaxsan uchrashuvga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 12 may kuni kechasi Kiyevni 2022 yilda to‘xtab qolgan muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi. Unga ko‘ra, Istanbulda hech qanday oldindan ilgari suriladigan shartlarsiz bevosita muzokaralar o‘tkazilishi kerak. Putinning aytishicha, Rossiya bu muzokaralarga jiddiy yondashmoqda va ular orqali uzoq muddatli tinchlikka erishish imkoni bor.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu chaqiriqqa ijobiy javob berib, 15 may kuni Istanbulga shaxsan borishga tayyorligini bildirdi. Biroq u avval 12 may kunidan to‘liq va barqaror otishmalarni to‘xtatish talabini qo‘ydi. Zelenskiy Trampning chaqiriqlaridan so‘ng chiqish qildi va Kremldan bahona izlamaslikni so‘radi.
AQSH prezidenti Donald Tramp bu uchrashuvni qo‘llab-quvvatlab, Ukrainaga muzokaraga «darhol rozi bo‘lish»ni tavsiya qildi. Unga ko‘ra, uchrashuv taraflar kelishuvga tayyormi-yo‘qmiligini aniqlash imkonini beradi.
Rossiya hozircha Zelenskiy taklifiga rasman javob bermadi. Putin faqat muzokaralar avval o‘tishi, keyingina tinchlik kelishuvi ko‘rib chiqilishi mumkinligini aytdi. Rossiya delegatsiyasi Stambulga yuborilishi ma’lum qilingan, ammo uning tarkibi oshkor etilmadi.





