Qimmat avtoraqamlar, buzilayotgan do‘konli bekatlar va aktivlari sotilayotgan aeroport | «AVVAL IQTISOD...» #13

Iqtisodchi Otabek Bakirov bilan iqtisodiy tahliliy ko‘rsatuvning navbatdagi sonida o‘tkazmalarning komissiyasi, urushlarning iqtisodga ta’siri, propan uchun olingan subsidiya hamda boshqa mavzular tahlil qilindi.

Dasturda 1-apreldan ayrim to‘lovlarning naqdsiz shaklga o‘tkazilishi fonida P2P va M2M o‘tkazmalar uchun komissiyalarni kamaytirish yoki bekor qilish masalasi asosiy muhokama markazida bo‘ldi.

Shuningdek, global miqyosdagi mojarolar, xususan Yaqin Sharqdagi vaziyatning iqtisodiyotga ta’siri tahlil qilindi. Urushlar natijasida inflatsiya tezlashgani, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlari oshgani, logistika zanjirlarida uzilishlar yuzaga kelgani qayd etildi.

Dastur davomida Eriell, Saneg va Enter Engineering kompaniyalari atrofidagi moliyaviy muammolar ham muhokama qilindi. Xususan, ish haqi qarzdorligini qoplash uchun yirik aktivlar — zavodlar, ofislar, mehmonxonalar va hatto aeroportlar sotuvga chiqarilayotgani aytildi.

Toshkent shahrida avtobus bekatlaridagi noqonuniy savdo obyektlarini buzish masalasi ham ko‘tarildi. Mutaxassislar bu jarayonning huquqiy asoslari, tadbirkorlarning huquqlari va ehtimoliy kompensatsiya mexanizmlarini muhokama qildi.

Energetika mavzusida esa mart oyida gaz limiti va subsidiyalar siyosati yana kun tartibiga chiqdi. Aholiga qo‘shimcha gaz hajmini arzonlashtirilgan narxda berish, propan subsidiyalarining keskin oshirilishi va bu jarayonlarda korrupsion xavflar mavjudligi haqida savollar o‘rtaga tashlandi.

Bundan tashqari, «chiroyli avtoraqamlar» savdosi va ularning narxlari ham tahlil qilindi. O‘zbekistonda oddiy avtoraqamlar narxi qo‘shni davlatlarga nisbatan bir necha barobar qimmat ekani, bu siyosatning iqtisodiy va ijtimoiy adolatga ta’siri muhokama qilindi.

Теглар

Маҳлиё Ҳамидова

Маҳлиё ҲамидоваМақолалар сони: 91

Барчаси

Мавзуга оид