Logo

Qirg‘iziston sobiq vaziri AQSHda kurer bo‘lib ishlayotgani ma’lum bo‘ldi

Бугун 20:171 дақиқа

U 2017-yilda prezidentlik saylovlarida ham ishtirok etgan.

Qirg‘iziston sobiq vaziri AQSHda kurer bo‘lib ishlayotgani ma’lum bo‘ldi

Qirg‘iziston parlamenti (Jo‘qorg‘i Kenesh) sobiq deputati va sobiq vazir Ulug‘bek Qochqorov AQSHda kurer bo‘lib ishlayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu haqda Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalarida ma’lum qilindi.

Tarqalgan videotasvirlarda sobiq amaldorning avtomobil yukxonasiga posilkalarni ortayotganini ko‘rish mumkin. Videoga berilgan izohda uning «Amazon»" kompaniyasida kurer bo‘lib ishlayotgani qayd etilgan. Tarmoq foydalanuvchilari uning halol mehnat bilan shug‘ullanayotganini ta’kidlab, sobiq amaldorni qo‘llab-quvvatlashgan.

Siyosiy faoliyatdan so‘ng AQSHga ko‘chish

Ma’lumot o‘rnida, Ulug‘bek Qochqorov Jo‘qorg‘i Keneshning V chaqiriq deputati bo‘lgan va 2017 yilda prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan. U 2018 yilning oktabridan 2020 yilga qadar Qirg‘iziston Mehnat va ijtimoiy rivojlanish vaziri lavozimida ishlagan.

2020 yilning oktabr voqealaridan so‘ng, Sadir Japarov hokimiyatga kelgach, Qochqorov vazir lavozimidan ozod etilgan. O‘shanda u ishdan olinganini internet orqali bilganini ma’lum qilgandi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi bir necha yil davomida Ulug‘bek Qochqorov oilasi bilan AQSHning Chikago shahrida yashab kelmoqda. U ommaviy hayot tarzini olib bormaydi, shuningdek, ko‘chib o‘tishi va hozirgi faoliyati haqida biror marta rasmiy izoh bermagan.

Теглар

Мавзуга оид