Logo

Rossiya 2030-yilgacha Ukrainada g‘alaba qozonishi kerakligi aytildi

Rossiya Davlat dumasining mudofaa qo‘mitasi a’zosi, general-leytenant Viktor Sobolevning fikricha, Polyaklar, nemislar va fransuzlar Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda.

Rossiya 2030-yilgacha Ukrainada g‘alaba qozonishi kerakligi aytildi

Rossiya Ukrainadagi urushni 2030-yilgacha «to‘liq g‘alaba» bilan yakunlashi va shundan so‘ng NATO davlatlari bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Bu haqda Rossiya Davlat dumasining mudofaa qo‘mitasi a’zosi general-leytenant Viktor Sobolev «Gazeta.Ru»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Rossiya Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiya»ni Polsha va NATOning boshqa davlatlari Rossiya bilan urushga tayyor bo‘lguniga qadar yakunlashi lozim.

«Polyaklar, nemislar, fransuzlar, inglizlar, belgiyaliklar, norvegiyaliklar, finlar va shvedlar — barchasi Rossiya bilan urushishni, unga strategik mag‘lubiyat yetkazishni istaydi. Albatta, bu yerda o‘z xalqlarini urushga tayyorlashga qaratilgan axborot tarkibiy qismi ham bor, ammo Rossiya bilan urushga jiddiy tayyorgarlik ham ketmoqda», — dedi Sobolev.

Generalning ta’kidlashicha, Rossiya 2030-yilgacha Ukrainadagi urushni yakunlab, Rossiya qurolli kuchlarining «mutlaq g‘alabasi»ga erishishi kerak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi «g‘alaba»dan keyin Rossiya qurolli kuchlarini qayta tashkil etish zarur bo‘ladi.

Sobolev, shuningdek, Rossiya armiyasi har qanday sharoitda va turli strategik yo‘nalishlarda ehtimoliy harbiy tahdidlarga javob qaytarishga qodir bo‘lishi kerakligini bildirdi.

Теглар

Мавзуга оид