Rossiya neft eksporti quvvatlarining 40 foizi vaqtincha ishlamay qoldi – «Reuters»

Бугун 14:152 дақиқа

Ukraina dronlari tomonidan Rossiya neft terminallariga uyushtirilgan hujumlar va Yevropada «soya floti» tankerlari to‘xtatilishi natijasida Rossiya neft eksporti quvvatlarining taxminan 40 foizi vaqtincha ishlamay qoldi.

Rossiya neft eksporti quvvatlarining 40 foizi vaqtincha ishlamay qoldi – «Reuters»

Ukraina hujumlari va «soya floti» tankerlari to‘xtatilishi natijasida, Rossiyaning chet elga neft yetkazib berish quvvatlarining taxminan 40 foizi (kuniga 2 mln barrel) vaqtincha ishlamay qoldi, deb xabar berdi «Reuters» 25-mart kuni, bozor ma’lumotlariga asoslangan o‘z hisob-kitoblariga tayangan holda.

Agentlik baholashicha, bu zamonaviy Rossiya tarixidagi eng jiddiy neft ta’minoti buzilishi bo‘ldi. Bu voqea AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushi tufayli neft narxi barreliga 100 dollardan oshgan bir paytda sodir bo‘ldi.

«Reuters»ning yozishicha, 2026-yil mart oyida Ukraina dronlari Boltiq dengizidagi eksport portlariga (Primorsk va Ust-Luga) hujum qilgandan so‘ng, neft jo‘natmalari to‘xtab qoldi. Qora dengizdagi Rossiya eksport porti – Novorossiyskda ham jo‘natmalar rejalashtirilgan darajadan past amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, «Drujba» neft quvuri zarar ko‘rishi oqibatida, u orqali tranzit yanvar oxirida, Rossiya Ukrainaga hujum qilganidan so‘ng to‘xtab qolgani ta’sir qilmoqda. «Reuters»ga gapirgan neft savdogarlari, Yevropa davlatlarining «soya floti»ga kiruvchi Rossiya tankerlarini tez-tez to‘xtatishi Murmanskdan 300 ming barrel hajmidagi jo‘natmalarga ham ta’sir qilganini aytdi.

Agentlik hisoblashicha, Rossiya Xitoyga (kuniga taxminan 1,9 mln barrel) va Belarusga (300 ming barrel) neft yetkazib berishni uzluksiz davom ettirmoqda, shuningdek, «Saxalin-1» va «Saxalin-2» loyihalaridan 250 ming barrel neft jo‘natmoqda.

«Goldman Sachs» 2026-yil uchun neft narxi prognozini barreliga 85 dollarga ko‘taradi

Avvalroq, «Goldman Sachs» banki 2026-yil uchun «Brent» neft narxi prognozini 77 dan 85 dollarga ko‘tarib, buni global neft bozoridagi tarixdagi eng katta taklif shoklaridan biri sifatida ta’riflagan.

Bank tahlilchilari hisob-kitoblarida Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tadigan yetkazib berish hajmi normal darajaning 5 foizida olti hafta davom etadi, undan so‘ng tiklanish yana bir oyni oladi, deb taxmin qilgan. Shu ssenariy bo‘yicha jami yo‘qotishlar 800 mln barrel atrofida bo‘ladi.

«Goldman Sachs» ogohlantiradiki, agar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilgach tiklanish to‘rt hafta davomida sekin amalga oshsa, Yaqin Sharqda qazib olish hajmidagi yo‘qotish hozirgi 11 mln barreldan 17 mln barrelgacha oshishi mumkin.

Теглар

Мавзуга оид