«TBC Bank»da yangi CFO va boshqaruv raisi o‘rinbosari tayinlandi

Бугун 11:401 дақиқа

Azizbek Ashurov «TBC Bank» boshqaruv raisi o‘rinbosari va bosh moliyaviy direktori lavozimiga tayinlandi.

«TBC Bank»da yangi CFO va boshqaruv raisi o‘rinbosari tayinlandi

Azizbek Ashurov «TBC Bank» boshqaruv raisi o‘rinbosari hamda bosh moliyaviy direktor (CFO) sifatida ish boshladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ashurov 2025 yil yanvaridan buyon «Uzcard» to‘lov tizimida moliya direktori sifatida faoliyat yuritgan. Ushbu lavozimda u moliyaviy boshqaruv va tizimli tahlil jarayonlarini muvofiqlashtirgan.

Uning «TBC Bank»dagi avvalgi faoliyati ham katta tajribaga ega. Xususan, 2022 yil aprelidan 2025 yil yanvargacha moliyaviy rejalashtirish va tahlil bo‘limi rahbari sifatida ishlagan. Bu davrda budjetlashtirish, moliyaviy prognozlar tayyorlash va tahlil jarayonlarini yuritishga mas’ul bo‘lgan.

Bundan avval, 2020–2022 yillarda u «TBC Bank»da xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bo‘yicha katta mutaxassis sifatida ishlab, hisobot tizimlarini takomillashtirish bilan shug‘ullangan.

Ashurov o‘z mehnat faoliyatini 2018–2020 yillarda «KPMG Uzbekistan»da auditor yordamchisi sifatida boshlagan. Shuningdek, 2016–2018 yillarda «Asia Alliance Bank»da buxgalteriya sohasida turli lavozimlarda ishlagan.

U Toshkent Moliya Instituti ni moliya yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Mazkur tayinlovga qadar «TBC Bank» bosh moliyaviy direktori vazifasini David Gabelashvili bajarib kelayotgan edi.

Теглар

Мавзуга оид

«TBC Bank»da yangi CFO va boshqaruv raisi o‘rinbosari tayinlandi | Vaqt.uz