Logo

Toshkentda 771 mln so‘mlik noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangan talaba ushlandi

Бугун 10:281 дақиқа

U 2025-yilning dekabridan 2026-yilning oktabriga qadar «Bitget» kripto-birjasida tegishli litsenziyasiz faoliyat yuritib, jami 64 715 USDT miqdoridagi kripto-aktivlar oldi-sotdisini amalga oshirgan.

Toshkentda 771 mln so‘mlik noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangan talaba ushlandi © DXX matbuot xizmati

Toshkent shahrida davlat oliy ta’lim muassasalaridan birining talabasi noqonuniy ravishda 771,34 mln so‘mlik kripto-aktivlar aylanmasini amalga oshirganlikda gumonlanib ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

DXX xodimlari tomonidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIBB) bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur shaxsning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yilgan. Qayd etilishicha, Toshkent tumanida yashovchi, 2008 yilda tug‘ilgan ushbu fuqaro poytaxtdagi nufuzli oliygohlardan birida tahsil oladi.

«Bitget» platformasidagi tranzaksiyalar va virtual raqamlar savdosi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi 2025-yilning dekabr oyidan joriy yilning oktabriga qadar «Bitget» kripto-birjasi platformasida hech qanday litsenziyasiz faoliyat yuritib kelgan. Ushbu davr mobaynida u turli tranzaksiyalar orqali jami 64 715 USDT, ya’ni 771,34 million so‘m miqdoridagi kripto-aktivlar oldi-sotdisini amalga oshirgan. Tekshiruvlar davomida uning kriptohamyonida yana 450 USDT (5,36 mln so‘m) miqdorida mablag‘ mavjudligi aniqlangan.

Bundan tashqari, fuqaro «Telegram» messenjeri orqali xorijiy davlatlarga tegishli bo‘lgan 140 ta virtual telefon raqamini sotish bilan ham shug‘ullangani ma’lum qilindi.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, huquq-tartibot idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun yana bir korxonaga litsenziya berilgani xabar qilingandi.

Теглар

Мавзуга оид