Toshkentda Navro‘z munosabati bilan «Otliq parad» o‘tkaziladi

Кеча 22:261 дақиқа

Unda Toshkent shahridagi kuch tuzilmalarining kavaleriya bo‘linmalari ishtirok etadi.

Toshkentda Navro‘z munosabati bilan «Otliq parad» o‘tkaziladi © Георгий Намазов / UzNews.uz

Navro‘z bayrami munosabati bilan 14-mart kuni soat 16:00 da poytaxtdagi Amir Temur xiyoboni bo‘ylab «Otliq parad» bo‘lib o‘tadi.

Tadbir O‘zbekiston Milliy gvardiyasi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda Toshkent shahridagi kuch tuzilmalari kavaleriya bo‘linmalari ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili ham Milliy gvardiyaga qarashli bir qancha muassasaning orkestr jamoalari «O‘zbekiston» mehmonxonasi va Xalqaro anjumanlar saroyi oldida chiqish qilgandi. Parad ishtirokchilari «O‘zbekiston» mehmonxonasi avtoturargohidan Amir Temur xiyoboni bo‘ylab Hyatt mehmonxonasi avtoturargohigacha bo‘lgan masofada harakatlangan.

Теглар

Мавзуга оид