«Uzcard» aksiyadorlariga 55 mln dollar dividend to‘laydi

Бугун 15:521 дақиқа

Kompaniya 2025 yilda 1,3 trln so‘m sof foyda olgandi. I chorakda esa foyda 437 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

«Uzcard» aksiyadorlariga 55 mln dollar dividend to‘laydi © Uzcard

2026 yilning 25-may kuni «Yagona umumrespublika protsessing markazi» — Uzcard aksiyadorlari yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda aksiyadorlar uchun 2026 yilning I choragidagi sof foydaning 250 mlrd so‘m miqdoridagi bir qismini va oldingi yillardagi saqlanib qolgan foydaning 415 mlrd so‘m miqdoridagi bir qismini dividendlar to‘lash belgilandi.

Shu tariqa oddiy aksiyalar bo‘yicha to‘lanadigan umumiy dividend 665 mlrd so‘mni yoki chet el valutasida qariyb 55 mln dollarni tashkil qiladi.

Har bir aksiya uchun dividend miqdori — 13 300 so‘m. Dividendlar to‘lovini 2026 yil 25-maydan boshlash hamda ularni to‘lash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab 60 kun ichida yakunlash belgilandi.

Ma’lumot uchun, Uzcard 2025 yilda 1,3 trln so‘m sof foyda olgandi. Foyda bo‘yicha kompaniya mamlakatdagi aksariyat banklardan oldinda bo‘lgandi. Joriy yilning I choragida 437 mlrd so‘mni tashkil qilgandi.

Uzcard to‘lov tizimining 75 foiz ulushi «IMC-Capital» MCHJ xorijiy korxonasiga tegishli. Qolgan 25 foiziga Kamron Akbarov egalik qiladi.

«IMC-Capital» Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan Berill Holding Company Limited tomonidan boshqariladi.

Avvalroq Click to‘lov tashkiloti aksiyadorlariga har ikki oyda dividend to‘lagani haqida xabar berilgandi.

Теглар

Мавзуга оид