Logo

Vaqt.uz TAF-2026 festivalining maxsus diplomini qo‘lga kiritdi

Nashr 2026-yilda O‘zbekistonning bank, biznes va moliya hamjamiyatlarini birlashtiruvchi professional media-brendni yaratgani uchun e’tirof etildi.

Vaqt.uz TAF-2026 festivalining maxsus diplomini qo‘lga kiritdi © vaqt.uz

10-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Toshkent reklama festivalida Vaqt.uz O‘zbekiston Marketing uyushmasining maxsus diplomi bilan taqdirlandi.

Ushbu diplom nashrga «2026-yilda O‘zbekistonning bank, biznes va moliya hamjamiyatlarini birlashtiruvchi professional media-brendni yaratgani uchun» topshirildi. Bir yillik faoliyati davomida Vaqt.uz iqtisodiyot, moliya va biznes mavzularida eksklyuziv, tahliliy materiallar tayyorlab kelmoqda. Ekspertlar bilan katta videolar olindi. Faoliyatimiz davomida islom moliyasi, banklar faoliyati, O‘zbekiston va jahon iqtisodiyoti, davlat xaridlari borasida mualliflik chiqishlari va podkastlarini efirga uzatib kelmoqdamiz.

Loyiha va erishilgan asosiy yutuqlar haqida

Vaqt.uz axborot-tahliliy sayti — O‘zbekiston va jahondagi iqtisodiyot, jamiyat, biznes va fintex siyosat va texnologiya sohalaridagi muhim yangiliklarni tezkor va aniq yoritadigan nufuzli onlayn manbalardan biri hisoblanadi. Tahririyat jamoasi professional jurnalistlardan tashkil topgan bo‘lib, xolislik, mustaqillik va javobgarlik tamoyillari asosida faoliyat yuritadi. Media loyihaning asosiy maqsadi investorlar, ta’sischilar, moliyachilar va ekspertlarga, umuman aholining barcha qatlami uchun axborot olishda qulay nashrga aylanish.

Atigi bir yil ichida Vaqt.uz oyiga 55+ million ko‘rishlar soni, 600 mingga yaqin umumiy obunachilar bazasi va 4 ta ixtisoslashgan ekspertlik podkasti bilan O‘zbekiston media maydonida eng tez rivojlanayotgan yetakchi tahliliy biznes-platformaga aylandi.

O‘zbek mediamakonida eng keng qamrovli ekspert-podkast tarmog‘i: media platforma makroiqtisodiyotdan tortib startaplar, islomiy moliya va kripto-aktivlargacha bo‘lgan barcha zamonaviy moliyaviy mavzularni professional darajada qamrab olgan. Har bir ixtisoslashgan ko‘rsatuv orqali o‘z yo‘nalishining eng faol biznes vakillarini (an’anaviy tadbirkorlar, IT-hamjamiyat, islom moliyasiga qiziquvchilar) bir media atrofida birlashtirdi.

Vaqt.uz kelgusida brendlarni shunchaki tanitishdan tortib, ularni o‘z sohasining yetakchi eksperti sifatida gavdalantirish va aniq maqsadli harakatga yo‘naltirishgacha bo‘lgan xizmatlarni taqdim qiladi. Shu boisdan ham nashr tijoriy hamkorlikka hamisha ochiq.

Tahririyat bundan keyin ham o‘zbekistonliklar uchun katta materiallar tayyorlashda davom etadi. Bizning missiyamiz — O‘zbekistondagi biznes va keng jamoatchilikka tezkor, xolis va sifatli ma’lumot yetkazib berish orqali qaror qabul qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Теглар

Мавзуга оид