Zaharli tutun nafas yo‘llari va ko‘zni zararlashdan tashqari, o‘pkaga chuqur kirib boruvchi mayda zarralar hisobiga yurak-qon tomir tizimini ishdan chiqaradi.
Xazonlardan chiqadigan tutun shunchaki noqulaylik emas, balki inson hayoti uchun real tahdiddir. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori Muzaffar Karimov xazon yoqishning organizmga halokatli ta’siri haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, zaharli tutun nafas yo‘llari va ko‘zni zararlashdan tashqari, o‘pkaga chuqur kirib boruvchi mayda zarralar hisobiga yurak-qon tomir tizimini ishdan chiqaradi. Eng yomoni — zararli moddalar o‘pka hujayralari DNKsiga ta’sir ko‘rsatib, onkologik kasalliklar xavfini keskin oshiradi.
Xavf guruhiga birinchi navbatda bolalar (nafas olish tezligi yuqoriligi sababli), homilador ayollar va keksalar kiradi.
Ekologiya milliy qo‘mitasi vatandoshlarni tabiat va yaqinlar salomatligiga befarq bo‘lmaslikka chaqirmoqda. Xazon yoqish holatlariga duch kelsangiz, darhol xabar bering:
Qisqa raqam: 11-57
Ishonch telefoni: (71) 207-07-70 (5015#)
Telegram-bot: @ecogovuz_bot