Yunon milliarderining tankerlari Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harakat qilmoqda
Jorj Prokopiuning tankerlari qurolli tajovuzlar xavfiga qaramay Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali harakatini to‘xtatmagan.

Yunon milliarderi Jorj Prokopiuga tegishli «Dynacom Tankers» kemasozlik kompaniyasi 28-fevralda Yaqin Sharqda urush boshlangandan beri kamida beshta tankerini Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Financial Times».
Prokopiu dunyodagi eng muhim savdo yo‘llaridan biri bo‘lgan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali oqilona va qonuniy yo‘lda harakat qilishga tayyor bo‘lgan kam sonli operatorlardan biri ekanligi qayd etilmoqda.
«Ko‘pgina kemasozlar vaziyat tinchlanguncha o‘tishni to‘xtatishdi. Lekin ba’zi korsarlar xavfni qabul qilishga tayyor» – dedi nomiga til olinmagan fraxt brokeri.
Agar harakat muvaffaqiyatli bo‘lsa, foyda katta bo‘lishi mumkin. Tankerlar uchun fraxt stavkalari rekord darajada oshdi, urushning birinchi haftasida ikki barobardan ko‘p o‘sdi. «Argus» agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, VLCC (very large crude carrier) klasidagi katta tanker, Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tib Xitoyga yuborilsa, kuniga taxminan 500,000 dollar daromad olib keladi, bu hali harbiy xavf uchun qo‘shimcha sug‘urta xarajatlarini o‘z ichiga olmaydi.
Barcha «Dynacom» kemalari Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tgan vaqtda ularning joylashuvi va identifikatsiya ma’lumotlari avtomatik ravishda uzatilmasligi uchun transponderlari o‘chirilgan. Eron esa Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tmoqchi bo‘lgan har qanday kemani «yoqib yuborish» bilan tahdid qilgan. Urush boshlangandan buyon Eron kamida to‘qqizta kemaga zarba bergan, ular orasida kemida uch nafar dengizchi halok bo‘lgan.
Propopiu kim va nima bilan mashhur?
Jorj Prokopiu 1946-yilda Afinada boy oilada tug‘ilgan va grek kemasozlarining oxirgi avlodidan sanaladi, ular ancha vaqtdan beri dengiz savdosini boshqaradi. 20 yosh atrofida birinchi kemasini xarid qilgan Prokopiu, vaqt o‘tishi bilan katta flot barpo qildi, suvda 150 dan ortiq kema va taxminan 85 kema qurilishda.
Gretsiyada u shuningdek «ko‘chmas mulk qiroli» sifatida ham mashhur. U o‘tgan yili «Four Seasons»ning yagona grek mehmonxonasi «Astir Palace» va qo‘shni Vuliagmeni marinasini xarid qildi, bu asosan megayaxtlarga xizmat qiladi.
Millarder atrofidagi manba Prokopiuni «kamtar» va «ishqiboz» deb ta’riflagan. «Forbes» uning boyligini 4,7 mlrd dollar deb baholaydi. Prokopiu korporativ beysbolka kiyib, eski «Mercedes» yo‘ltanlamasida tansoqchisiz yuradi, grek kemasoz elitasi orasida bunday holat kam uchraydi. Ko‘p yilni u 106,5 m uzunlikdagi «Dream» yaxtasida o‘tkazadi, hozir u Afina riverasida bog‘langan.
Propopiu o‘z ish davomida xavfni qabul qilish va kontraktlarni bajarishga tayyor odam sifatida obro‘ qozongan. «Financial Times»ning yozishicha, «Dynacom Tankers» 2022-yildan beri Rossiya neftini tashuvchi eng yirik kompaniyalardan biri sanaladi.
Propopiu 2022-yilda «Sanksiyalar hech qachon ishlamagan», degan. Manbalarga ko‘ra, u hech qachon sanksiyalarni buzgan emas va Rossiya neftini sotishda qonuniy cheklovlar va narx balandliklariga amal qilgan.
Jorj Prokopiuning boshqalar rad etgan yuklarni tashishga tayyorligi uning asosiy daromad manbai bo‘lgan.
Kemasozlik investori va «Contango Research» asoschisi Ed Finli-Richardsonning fikricha, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali tankerlarni o‘tkazish Prokopiu uchun tarixiy imkoniyat bo‘lgan. Tanker bo‘g‘ozga bo‘sh holda kirsa, xavf kamayadi, lekin u yerda turganida kemaning, ekipajning va yukning xavfini hisobga olgan holda to‘g‘ri narx talab qilish mumkin bo‘ladi.
«Shunday paytlarda haqiqiy elit kemasozlar o‘zini namoyon qiladi», – deydi Finli-Richardson.
U Prokopiuni tarixiy xavf paytlarida neft tashishgan Aristotel Onassis va norveg kemachisi Jon Fredriksen bilan solishtirdi .
«Agar siz xavfga tayyor emas bo‘lsangiz, kemasozlikda hech narsa qilishingiz kerak emas. Agar xavfni istamasangiz, AQSH obligatsiyalarini sotib oling», – degan Propopiu 2014 yilda.





