Logo

Global kiberhimoya: Google, Microsoft va OpenAI yangi xavflardan ogohlantirdi

Bugun 09:001 daqiqa

Sun’iy intellekt (SI) imkoniyatlari kengayib borayotgan bir vaqtda, kiberhujumlar xavfining ortishi munosabati bilan Google, Microsoft, OpenAI, Amazon va boshqa o‘nlab yirik kompaniyalar global kiberhimoyani kuchaytirishga chaqiruvchi ochiq xat bilan chiqishdi.

Global kiberhimoya: Google, Microsoft va OpenAI yangi xavflardan ogohlantirdi

Asosiy xavf va imkoniyatlar

Yaqin oylarda SI yordamida amalga oshiriladigan kiberhujumlar yanada keng tarqalishi va murakkablashishi kutilmoqda. Bu esa kasalxonalar, suv tozalash inshootlari va butun internet infratuzilmasi kabi hayotiy muhim obyektlar uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Biroq, ta’kidlanishicha, bugungi SI yutuqlari himoyachilarga ham yillar davomida to‘planib qolgan zaifliklarni tezroq va arzonroq bartaraf etish uchun yangi usullarni taqdim etmoqda.

Xatda barcha ishtirokchilar uchun jamoaviy harakatlarning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi:

Barcha tashkilotlar uchun: Kiberhimoyani rahbariyat darajasidagi eng ustuvor vazifaga aylantirish va tizimlardagi eng yuqori xavfga ega zaifliklarni zudlik bilan bartaraf etish.
Kiberxavfsizlik kompaniyalari uchun: Mavjud vositalarni ilg‘or SI imkoniyatlari bilan kuchaytirish va infratuzilma operatorlariga himoya vositalarini joriy qilishda bevosita amaliy yordam ko‘rsatish.
Hukumatlar uchun: Mahalliy va xalqaro darajada kiberhimoyani muvofiqlashtirish, mablag‘ va kadrlar yetishmaydigan muhim xizmatlarni moliyalashtirish hamda hujumchilarga qarshi qat’iy choralar ko‘rish.
Ilg‘or SI kompaniyalari uchun: Muhim infratuzilma himoyachilarini SI modellariga mas’uliyatli kirish imkoniyati, o‘quv mashg‘ulotlari va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash.

«Biz birgalikda bugungi SI yutuqlarini hamma uchun manfaat keltiradigan barqaror xavfsizlikka aylantirishimiz mumkin», — deyiladi murojaatnomada. Nashrning qayd etishicha, himoya tizimlarini yangilash va ularni mustahkamlash uchun vaqt cheklangan.

Mavzuga oid