JCH-2026. Belgiya dramatik bahsda Senegalga 120+5-daqiqada gol urib, irodali g‘alabaga erishdi
Afrika jamoasi 86-daqiqagacha 2:0 hisobida oldinda borib, yakunda alamli tarzda turnirni tark etdi.

Jahon chempionatida 1/16 final bosqichining eng qiziqarli o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Belgiya va Senegal o‘rtasidagi bellashuvda afrikaliklar 86-daqiqagacha 2:0 hisobida oddinda borishayotgandi. Shundan so‘ng yevropaliklar 3 daqiqa ichida ikki gol bilan muvozanatni tiklashdi va o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga olib o‘tishdi.
Bahs seriyaga qarab ketayotgan bir paytda esa hakam VAR aralashuvi orqali Senegal darvozasiga penalti belgiladi va Tilemans 120+5-daqiqada nuqtadan adashmay, Belgiyani superkambek orqali nimchorakfinalga olib chiqdi.
Rudi Garsiya jamoasi keyingi bosqichda AQSH — Bosniya va Hersegovina juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
JCH-2026. 1/16 final
Belgiya — Senegal 3:2
1-iyul, Sietl.
Gollar: Lukaku (86), Tilemans (89, 120+5 penalti) — Diarra (25), I.Sarr (51).
Belgiya — Kurtua, Kastan, Mexele, Teate, de Kuyper (Myone, 78), Tilemans, Vanaken (Moreyra, 63), Trossar (Onana, 109), de Bryuyne (Raskin, 56), Doku (Lukebakio, 56), de Ketelare (Lukaku, 46).
Senegal — Diav, Diatta, Siss, Niakate, Yakobs (Diuf, 93), Diarra (P.Sarr, 73), I.Guye (S.Ndiaye, 96), P. Guye (Kamara, 66), Ndiaye (Mbaye, 73), Mane (Jekson, 93), I.Sarr.
Ogohlantirishlar: Mexele (64), Kamara (67).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





