JCH-2026. Germaniya debyutant Kyurasaoga 7 ta gol urdi
23-mundialning hozircha eng yirik hisobi qayd etildi. Advokatdan rekord.

23-bor o‘tkazilayotgan mundialda 1-tur bahslari davom etmoqda.
Ye guruhida Germaniya debyutant Kyurasaoni ayab o‘tirmadi va 7 bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Bellashuvda bir qator rekordlar o‘rnatildi. Kyurasao debyutidayoq Jahon chempionatidagi ilk golini urgan bo‘lsa, jamoa ustozi Dik Advokat mundiallar tarixidagi eng yoshi katta murabbiyga aylandi — 78 yosh.
Guruhning ikkinchi o‘yini Ekvador va Kot-d'Ivuar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
JCH-2026. Ye guruhi. 1-tur
Germaniya — Kyurasao 7:1
14-iyun. Hyuston
Gollar: Nmecha (6), Shlotterbek (38), Haverts (45+5 penalti, 88), Musiala (47), Braun (68), Undav (76) — Komenensiya (21).
Germaniya — Noyer, Kimmix (Anton, 83), Ta (Ryudiger, 73), Shlotterbek, Braun (Raum, 73), Pavlovich, Nmecha (Goretska, 73), Sane, Musiala (Undav, 64), Virts, Haverts.
Kyurasao — Rum, Floranyus, Bazur, Obispo, Fonvill, Komenensiya, L.Bakuna, Hansen (Antonis, 46), Chon (Kastaner, 83), J.Bakuna, Lokadiya (Margarita, 65).





