JCH-2026. Misr Avstraliyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqdi
Shu tariqa OFKning hech bir jamoasi nimchorakfinalga yetib kelolmadi.

Jahon chempionatida 1/16 final bosqichining oxirgi o‘yinlari o‘tkazilmoqda.
Misr va Avstraliya o‘rtasidagi bahsda asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda kuchlar teng keldi. Penaltilar seriyasida esa ikki bor yuqoriga zarba berib, mag‘lubiyatga uchrashdi.
Shu tariqa turnirda OFK jamoasi qolmadi, ya’ni Osiyo vakillari 1/8 finalgacha yetib kela olishmadi.
Misr nimchorakfinalda Argentina — Kabo-Verde juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
JCH-2026. 1/16 final
Avstraliya — Misr 1:1
Penaltilar seriyasi — 2:4.
3-iyul, Erlington.
Gollar: Hani (55, avtogol) — Ashur (13).
Avstraliya — Bich (Rayan, 119), Sirsati, Suttar, Herrington, Bos (Trevin, 46), Irvin, O'Nil (Okon-Engstler, 91), Behich, Volpato (Xrustich, 74), Metkalf (Mabil, 91), Irankunda (Ture, 74).
Misr — Shobeyr, Hani, Ibrohim, Rabia, Hofiz (Trezege, 80), Ashur, Fathi (Abdulmajid, 67), Attia (Saber, 120+1), Marmush (Abdulkarim, 106), Ziko (Hasan, 67), Saloh.
Ogohlantirishlar: Hasan (105), Ibrohim (120).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





