Logo

O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay ishlay boshladi

Bugun 12:502 daqiqa

Hozirda Google Wallet tizimi to‘qqizta, Apple Wallet esa sakkizta bank tomonidan chiqarilgan ayrim Visa va Mastercard kartalari bilan ishlamoqda.

O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay ishlay boshladi © mohid.net

O‘zbekistonda 27-oktabrdan e’tiboran Google Pay va Apple Pay to‘lov xizmatlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.

Android foydalanuvchilari Google Wallet, iPhone egalari esa Apple Wallet ilovalari orqali bank kartalarini tizimga qo‘shib, kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Kartalarni ikki usulda: bankning mobil ilovasi orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri Google Wallet va Apple Wallet ilovalariga karta ma’lumotlarini kiritish yo‘li bilan qo‘shish mumkin.

Apple Wallet tizimini qo‘llab-quvvatlayotgan banklar:

  • Octobank — Visa va Mastercard.

  • Uzum — Visa;

  • Oriyent Finans Bank — Visa va Mastercard;

  • Milliy bank — Visa va Mastercard;

  • Kapitalbank —Visa va Mastercard;

  • Hamkorbank — Visa;

  • Ipak Yo‘li Banki — Visa va Mastercard;

  • TBC Bank — Visa va Mastercard.

    Google Wallet tizimi esa 9 ta bank — Octobank, AVO Bank, Uzum Bank, TBC Bank, Aloqabank, Kapitalbank, Ipak Yo‘li banki, Milliy bank hamda Orient Finans Bank tomonidan chiqarilgan Visa va Mastercard kartalarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

    Apple kompaniyasi ba’zi banklar barcha turdagi kartalarni qo‘llab-quvvatlamasligi mumkinligini va buni bankdan aniqlashtirish zarurligini ta’kidlagan.

    Shuningdek, ro‘yxat yangi banklar qo‘shilishi bilan yangilab borilishi bildirilgan.

    Apple Wallet ilovasiga ATTO transport kartasini qo‘shishga urinish vaqtida ham O‘zbekistonda chiqarilgan bank kartalarini ulash mumkinligi haqida bildirishnoma paydo bo‘lmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, Google Pay ishga tushgani 19-oktabrda Samarqandda Markaziy Osiyo va AQSH davlatlarining C5+1 formatidagi uchrashuvi doirasida Google Cloud vakili Marchin Krasuski tomonidan ma’lum qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid