O‘zbekistonda hafta davomida havo harorati +44 darajagacha isiydi
24–27-iyun kunlari respublika hududlarining ba’zi joylarida quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Ayrim hududlarda shamol kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
© Vaqt.uz | Javhar ChorshanbiyevaO‘zgidromet 24–27-iyun kunlari O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 24 va 26-iyunda ayrim joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 24 va 27-iyunda ayrim joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22...+27 daraja, 24-25-iyunda kunduzi +33...+38 daraja, 26-iyunda +35...+40 daraja, 27-iyunda +37...+42 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24-iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 25-27-iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 24-iyunda ayrim joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 24-26-iyunda +20...+25 daraja, 27-iyunda +22...+27 daraja, kunduzi 24-25-iyunda +33...+38 daraja, 26-27-iyunda +35..+40 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 24 va 27-iyunda ayrim joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +23...+28 daraja, kunduzi +39...+44 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ham havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24-iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 25-27-iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi, 24-iyunda ayrim joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, 24-25-iyunda kunduzi +33...+38 daraja, 26-27-iyunda +35...+40 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +24...+29 daraja bo‘ladi.





