add

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi

Bugun 12:301171 Daqiqa

2026 yildan qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilari imtiyozli kreditlardan foydalanganda yetishtiradigan mahsulotining yo‘qotilish xavfini oldindan sug‘urta qilish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi

21-noyabrda O‘zbekiston prezidentining «Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish mexanizmini samarali tashkil etish to‘g‘risida»gi PF–223-sonli farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini joriy etishning asosiy maqsadlari etib tabiiy va texnogen ofatlar, yong‘in, zararkunanda va kasalliklar ta’sirida o‘simlik hamda hayvonlarga yetkazilgan zararlarni qoplab berish belgilandi. Shu jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030 yilgacha bosqichma-bosqich 20 foizga oshirish va qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning xavflarini kamaytirish ham farmonning asosiy maqsadlaridan biridir.

Ushbu farmonga muvofiq, Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi.

2026 yildan qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilari mahsulot yetishtirish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanganda ishlab chiqariladigan mahsulotning yo‘qotilishi xavfini oldindan sug‘urta qilish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Shuningdek, klaster, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining imtiyozli kreditlar bo‘yicha qarzdorliklari qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklari sug‘urtasi shartnomasi bo‘yicha qoplanmaydi.

Shu bilan birga, 2025 yil yakunigacha Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi axborot tizimi ishga tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etilgani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi | Vaqt.uz