add

Birja savdolarida un va paxta yog‘i narxlari pasaydi

28.10.2025 | 12:406141

O‘tgan hafta mobaynida o‘tkazilgan birja savdolarida un va paxta yog‘i narxlarida sezilarli pasayish kuzatildi.

Birja savdolarida un va paxta yog‘i narxlari pasaydi

O‘tgan hafta, ya’ni 20–26 oktyabr kunlari «O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 40 453 ta bitim tuzildi. Bu haqda birja axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarning qariyb 219,3 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi. Shuningdek, ochiq birja savdolari orqali jami 16 956 ta bitim tuzildi.

Birja savdolariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida bir tonna unning o‘rtacha narxi 4 mln 118,1 ming so‘mdan 3 mln 722,5 ming so‘mgacha pasaydi.

Shu bilan birga, bir tonna barcha navli paxta yog‘ining o‘rtacha narxi 16 mln 462,6 ming so‘mdan 11 mln 307,7 ming so‘mgacha pasayganligi kuzatildi.

Teglar

Mavzuga oid