add

Dunyoning eng boy mamlakatlari ro‘yxati e’lon qilindi

«Visual Capitalist» nashri Xalqaro valuta jamg‘armasining 2025 yilgi ma’lumotlariga tayanib, aholi jon boshiga eng katta iqtisodiy daromadga ega mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Dunyoning eng boy mamlakatlari ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyo bo‘yicha aholi jon boshiga eng yuqori yalpi ichki mahsulot (YAIM) ko‘rsatkichiga ega mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi. «Visual Capitalist» nashri Xalqaro valuta jamg‘armasining 2025 yilga oid ma’lumotlariga asoslangan yangi reytingni e’lon qildi.

Tadqiqotga ko‘ra, bu davlatlarning umumiy jihati — aholining nisbatan kam bo‘lishi va samarali ijtimoiy ta’minot tizimlarining mavjudligi hisoblanadi.

Birinchi o‘rinni Yevropaning kichik davlati — Lixtenshteyn egalladi. U yerda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM 231 ming 713 dollarni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkichga mamlakatda mehnat qilayotgan ishchilarning taxminan 60 foizi chet el fuqarolari ekanligi ta’sir qilgan.

Ikkinchi o‘rinda Luksemburg joy olgan bo‘lib, u ham tashqi ishchi kuchi hisobiga yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan.

Uchinchi o‘rin Irlandiyaga tegishli — bu yerda bir kishi hisobiga YAIM 129 ming 132 dollar. Mamlakatda Google, Meta kabi xalqaro texnologiya gigantlarining Yevropa markazlarida joylashgani va qulay soliq siyosati iqtisodiy o‘sishga xizmat qilgan.

Shveysariya, Islandiya va Singapur keyingi o‘rinlarni egalladi. Bu mamlakatlardagi yuqori daromad aholining haqiqiy farovonligi va barqaror moliya tizimi bilan izohlanadi.

Ayniqsa, Singapur misoli e’tiborga sazovor — 1980 yildan buyon bu mamlakatda o‘rtacha daromad 19 barobar oshgan.

Reytingda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekiston ham qayd etilmagan. Bu holat mintaqaning hali iqtisodiy jihatdan yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga kirmaganini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid

Dunyoning eng boy mamlakatlari ro‘yxati e’lon qilindi | Vaqt.uz