add

O‘zbekiston Starlink va Veon kelishuvida qamrov xaritasiga kiritildi

Bugun 14:153041

SpaceX'ning Starlink kompaniyasi Veon bilan smartfonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sun’iy yo‘ldosh orqali ulash texnologiyasi bo‘yicha hamkorlikni boshladi. Loyihada O‘zbekiston potensial qamrov hududi sifatida belgilangan.

O‘zbekiston Starlink va Veon kelishuvida qamrov xaritasiga kiritildi

SpaceX tarkibidagi Starlink telekommunikatsiya guruhi xalqaro Veon xoldingi bilan«direct-to-cell» — ya’ni smartfonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sun’iy yo‘ldosh orqali ulash texnologiyasi bo‘yicha hamkorlik kelishuvini imzoladi. Bu Starlink uchun mazkur yo‘nalishdagi eng yirik hamkorlik loyihasi hisoblanadi.

Kelishuvga ko‘ra, loyiha avvalo Ukrainada Kyivstar operatorasi orqali 2025 yilning to‘rtinchi choragida sinov tariqasida ishga tushiriladi.

Keyingi bosqichda Qozog‘istonda Beeline orqali 2026 yilda foydalanishga topshiriladi.

Veon xoldingi faoliyat yuritadigan bozorlar orasida Pokiston, Bangladesh va O‘zbekiston ham bor.

Ushbu texnologiya aloqa infratuzilmasi yetarli bo‘lmagan chekka hududlarda smartfonlarni sun’iy yo‘ldosh orqali internet va uyali tarmoqqa ulash imkonini beradi.

Starlink ma’lumotiga ko‘ra, orbitada 8 mingdan ortiq sun’iy yo‘ldosh faoliyat ko‘rsatmoqda, shularning taxminan 650 tasi aynan «direct-to-cell» xizmati uchun ixtisoslashgan.

Veon kompaniyasi Amazon'ning Project Kuiper, AST SpaceMobile va Eutelsat OneWeb kabi boshqa sun’iy yo‘ldosh operatorlari bilan ham alohida yo‘nalishlarda hamkorlik qilish huquqini saqlab qolgan. Bu holda turli mintaqalarda raqobat va texnologiyalar diversifikatsiyasi ta’minlanadi.

O‘zbekiston Veon ekotizimiga kirgani sababli, loyiha rivojlanishi bilan qishloq va chekka hududlarda mobil qamrovni sezilarli darajada kengaytirish imkoni yaratiladi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston Starlink va Veon kelishuvida qamrov xaritasiga kiritildi | Vaqt.uz