add

Mirziyoyev Oq uydagi sammitda qatnashdi, O‘zbekiston sentabr oyida oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari ishdan olindi— hafta dayjesti

Bugun 17:562067

O‘tayotgan hafta ichida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng ahamiyatli va muhokamalarni keltirib chiqargan voqea-hodisalarni yana bir bor esga olamiz.

Mirziyoyev Oq uydagi sammitda qatnashdi, O‘zbekiston sentabr oyida oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari ishdan olindi— hafta dayjesti

Assalomu alaykum! O‘tayotgan hafta ichida O‘zbekistoda sodir bo‘lgan eng ahamiyatli va muhokamalarni keltirib chiqargan voqea-hodisalarni yana bir bor esga olamiz.

• Shavkat Mirziyoyev Oq uydagi sammitda qatnashdi

• O‘zbekiston sentabr oyida oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi

• Ohangaronda davlat xodimlari o‘rtasida janjal yuz berdi

• Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari ishdan olindi

• 14 qozon osh damlatgan fuqaro jazolandi

Shavkat Mirziyoyev Oq uyda

Bu hafta O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. 6-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Vashington shahriga amaliy tashrifi doirasida Oq uyda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston Prezidenti Oq uyning Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.

Uchrashuv Oq uyning Oval kabinetida bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo, investitsiya, madaniy-humanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Oq uyda Markaziy Osiyo – AQSH sammiti ham bo‘lib o‘tdi. Qayd etish kerakki, bu formatdagi uchrashuvlar o‘tkazilayotganiga 10 yil to‘ldi. Tashqi ishlar vazirlari darajasida Samarqandda boshlab berilgan uchrasuv bugungi kenga kelib prezidentlar darajasiadagi sammitga aylandi.

Shavkat Mirziyoyev Sammitda bir qator muhim tashabbuslar bilan chiqish qildi.

Jumladan, C5+1 formati doirasida doimiy kotibiyat tashkil etish va uni Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida navbat bilan boshqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘ldi.

Shuningdek, investitsiyalar va savdo sohasida muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish, shu orqali davlat idoralari va xususiy sektor o‘rtasida tizimli muloqotni kuchaytirish masalasi ko‘ndalang qo‘yildi.

Markaziy Osiyo investitsiya sherikligini tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu borada 2020 yildagi kelishuvlarni hayotga tatbiq etish muhimligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev sammit yakunlarini yuqori baholar ekan, uni tarixiy deb atadi. Shu bilan birga, u 2026 yilda navbatdagi C5+1 sammitini Samarqand shahrida o‘tkazishni taklif etdi.

Tramp Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdik

AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Amerika va O‘zbekiston o‘rtasidagi yangi savdo-iqtisodiy kelishuv haqida bayonot berdi. Ushbu kelishuv doirasida O‘zbekiston 2028-yilgacha AQSHdan taxminan 35 mlrdlik mahsulot sotib oladi va sarmoya kiritadi, keyingi o‘n yilda esa bu ko‘rsatkich 100 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda.

AQSH prezidenti bu ha,korlik uchun O‘zbekiston prezidentiga minnatdorlik ham bildirdi.

«Men O‘zbekistonning yuksak hurmatga sazovor Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Muzokaralar samarali va do‘stona ruhda o‘tdi. Biz ikki mamlakat o‘rtasidagi uzoq muddatli va mustahkam hamkorlikni intizorlik bilan kutayapmiz», — deb yozdi Tramp.

Qayd etish lozimki, O‘zbekiston tomonidan mazkur kelishuv «C5+1» sammiti doirasida rasmiylashtirildi.

Sammit oldidan Prezident Mirziyoyev AQSH senatorlari va kongressmenlari, yirik korporatsiyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashdi. AQSH Savdo vaziri Hovard Latnik bilan ham o‘zaro savdoni yanada kechaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Vashington shahriga tashrifning ishbilarmonlik dasturi yakunida AQSHning yetakchi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

9 oyda YTH sabab qancha kishi vafot etdi?

Yakunlanayotgan hafta mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligi masalalari yana kun tartibiga chiqdi. Senatning qo‘mitasi tomonidan yangragan statistik ma’lumotlar so‘nggi yillarda baxtsiz hodisalar soni kamayganini ko‘rsatsa-da, yo‘llarda inson talafotlari hanuz jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda.

2025-yilning dastlabki to‘qqiz oyida O‘zbekistonda 5895 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, 1303 kishi halok bo‘lgan, 4592 kishi jarohat olhan.

O‘tgan yilga nisbatan avariyalar soni 3,8 foizga, o‘lim holatlari 4,8 foizga kamaygan. Piyodalar ishtirokidagi hodisalar ham 5,8 foizga qisqargan.

Shu bilan birga, ayrim hududlarda yo‘l belgilarining yetishmasligi, yo‘llarning yomon holati va piyodalar uchun sharoitning yo‘qligi muammo bo‘lib qolmoqda.

2024 yilda esa mamlakatda 9364 ta YTH qayd etilib, 2203 kishi halok bo‘lgan edi.

Yo‘l qoidalarini buzganlarga og‘zaki ogohlantirish

Senat tomonidan ko‘rib chiqilgan yangi Qonun haydovchilar va piyodalarga tegishli ma’muriy jazo tizimini yanada insonparvarroq qilishga qaratilgan.

Tasdiqlangan yangi qonnga ko‘ra, ayrim xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, ilk marta kam ahamiyatli huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarga jarima emas, balki «og‘zaki ogohlantirish» chorasini qo‘llash amaliyoti joriy etiladi.

Biroq bu og‘zaki ogohlantirish ma’muriy chora ko‘rinishida bo‘lib, qoidabuzarlik takroran sodir etilganda kattaroq jazo qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.

Ohangarondagi janjal: bog‘cha direktori ishdan olindi

Bu hafta ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida maktabgacha ta’lim sohasi vakillari o‘rtasida yuz bergan janjal muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i hamda 35-sonli bolalar bog‘chasi mudirasi o‘rtasidagi janjalli vaziyat joriy yilning iyul oyida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori ish faoliyati davomida turli qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygan. Bo‘lim boshlig‘i tomonidan ogohlantirishlar berilganida mudira kamchiliklarni tan olmay, janjalli vaziyatni keltirib chiqargan.

Holat Toshkent viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan atroficha o‘rganilib, qonunda belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘rilgan. Jumladan, maktabgacha ta’lim muassasasi direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o‘shandayoq bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Vashigtonga safar qilishdan avval Qatarda bo‘lib o‘tgan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston oltin sotishda yetakchi

O‘zbekiston sentabrda dunyoda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi. Yillik kesimda respublika 21 tonna bilan dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi maqomini saqlab qolib, Singapur va Rossiyani ortda qoldirgan. So‘nggi bir oyda esa Markaziy bank 4 tonna oltin sotgan.

Xalqaro valuta jamg‘armasi va ochiq manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida markaziy banklar tomonidan jami 39 tonna oltin sotib olingan — bu 2025-yildagi eng yuqori oylik ko‘rsatkich hisoblanadi.

Jami 43 tonna qimmatbaho metall xarid qilingan. Eng yirik xaridor — Braziliya Markaziy banki bo‘lib, u 15 tonna oltin sotib olgan.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari ishdan olindi

Prezidentining tegishli qarori bilan Bekmurod Abdullayev Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, prezidentining farmoyishi bilan Rustam Tursunov ham Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Qashqadaryoda to‘yida 14 qozon osh damlatgan fuqaro jarimaga tortildi

Yakunlanayotgan hafta 14 qozonda damlangan osh muhokamasi bilan ham esda qolmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro 13-oktabr kuni o‘z xonadonida to‘y marosimi o‘tkazgan. U qarindoshlar va qo‘shnilar ishtirokida o‘tgan to‘yga kelgan mehmonlar soni ko‘p bo‘lgani sababli amaldagi talabdan ortiq darajada — 14 ta katta qozonda osh tayyorlatgan.

Sud jarayonida fuqaro qilgan ishini to‘liq tan olgan va pushaymonligini bildirgan. U suddan yengillik berilishini so‘ragan. Chiroqchi tumani sudi fuqaroning harakatlarini to‘y va marosimlar o‘tkazish tartibini buzish sifatida baholagan. Sud qaroriga ko‘ra, u 4 mln 120 ming so‘m jarima to‘laydi.

Shuni ham aytish kerakki, O‘zbekistonda dabdabali to‘y va marosimlarni ixchamlashtirish, oilaviy qadriyatlarni asrash hamda jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirish maqsadida 90 kunlik targ‘ibot dasturi ishga tushirilgan.

Qoramollarda «Nodulyar dermatit»

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda qoramollar orasida «Nodulyar dermatit» — to‘qimali yoki tugunli teri yallig‘lanishi kasalligi keng tarqalayotgani haqida turli xabarlar tarqaldi. Xabarlarga ko‘ra, ayni paytda mamlakat bo‘ylab chorva mollari kasalikka qarshi ommaviy emlanayotgani, kasallik yuqumli bo‘lib, hatto mollarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘layapti.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot kotibi Anvar Suyunov xabarlardagi ma’lumotlarni keskin rad etdi.

«Bunday xabarlarning hech biri aniq dalillar bilan tasdiqlanmagan — ya’ni qaysi viloyatda, qaysi tumanda yoki kimning moli kasallangani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Bu — yolg‘on va uydirma xabar», — dedi Anvar Suyunov.

Qo‘mita mas’li ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston hududida «Nodulyar dermatit» kasalligi qayd etilmagan, respublika bo‘ylab vaziyat barqaror hisoblanadi.

Krishtianu Ronalduning eng qimmat xaridi

Bir necha haftalardan buyon portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu muxlislar e’tiboridan chetda qolmayapti. Bu safar u Pirs Morgan bilan suhbatida hayotidagi eng qimmat xaridi xususiy samolyot bo‘lganini ma’lum qildi.

Ispaniyaning Marka nashrining yozishicha, Ronaldu o‘shanda Gulfstream G200 samolyotini xarid qilish uchun 20 mln yevro to‘lagan. Keyinchalik futbolchi Bombardiyer Global Express 6500 modelini xarid qilgan, uning bahosi taxminan 50 mln yevroni tashkil etgan.

Ronalduning yangi samolyotining ichi lyuks darajada jihozlangan — unda 13 ta o‘rindiq, Wi-Fi, yorug‘likni boshqarish tizimi va mini-oshxona mavjud.

2025-yil oktabrida 40 yoshli Ronaldu Bloomberg milliarderlar indeksida birinchi marta milliard dollarlik aktivga ega bo‘lgan futbolchi sifatida qayd etilgan. Hozir uning boyligi taxminan 1,4 mlrd dollarga yetgan.

Teglar

Mavzuga oid