add

General Motors AQSHdagi zavodlariga 4 mlrd dollar investitsiya kiritmoqchi

16.07.2025 | 13:1519842

General Motors AQSHdagi zavodlariga 4 mlrd dollar investitsiya kiritmoqchi
General Motors (GM) kompaniyasi kelgusi ikki yil ichida Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun 4 mlrd dollar sarflaydi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida xabar berildi. Kompaniya ma’lum qilishicha, investitsiyalar asosan Michigan, Kanzas va Tennessi shtatlarida joylashgan zavodlarga yo‘naltiriladi. Bu tadbir orqali kompaniya Chevrolet Silverado va GMC Sierra pikaplari hamda Chevrolet Equinox krossoverini AQSH hududida to‘liq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Ushbu modellar avvalroq Meksikada yig‘ilar edi, ammo ularni Amerikada ishlab chiqarish qarorining asosiy sabablaridan biri — Tramp ma’muriyati tomonidan joriy etilgan tashqi iqtisodiy tariflar bo‘ldi. Shu yo‘l bilan GM kompaniyasi nafaqat o‘z ishlab chiqarishini kuchaytiradi, balki milliy iqtisodiyotga ham hissa qo‘shadi. Kompaniya rahbariyati mazkur qadam yuqori daromad keltiradigan avtomobillar ishlab chiqarishni yanada samarali va barqaror qilishga xizmat qilishiga ishonmoqda.

Teglar

Mavzuga oid