
Ilon va tipratikandan sho‘rva tayyorlab sotilayotgani aniqlandi
05.09.2025 | 21:2011822
Tipratikan hamda ilonlar qum barxanlarida noqonuniy saqlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida ilon va tipratikandan sho‘rva tayyorlab sotilayotgani haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan Ekologiya vazirligi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat Farg‘ona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ekologik nazorat inspeksiyasi hamda 1-mintaqaviy PPX xodimlari tomonidan o‘rganilgan.
O‘rganish natijasida Oltiariq tumanining «Zilha» mahallasi hamda Buvayda tumanining «Boston buvo» mahallasi mahallasidagi qum barxanlarida huquqbuzar tomonidan tipratikan hamda ilon noqonuniy saqlanib, sho‘rva tayyorlab sotilayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilgan.





