Logo

Jahon banki Turkmanistondagi suv va transport loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi

Bugun 19:361 daqiqa

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassani va Turkmaniston Markaziy banki raisining o‘rinbosari Merdanguly Palivanov o‘rtasida Toshkentda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jahon banki Turkmanistondagi suv va transport loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi

Jahon banki Turkmanistonning suv resurslari va transport sohasidagi ustuvor loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi. Bu haqda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy ofisi o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.

 Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassani va Turkmaniston Markaziy banki raisining o‘rinbosari Merdanguly Palivanov o‘rtasida Toshkentda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 
Tomonlar Jahon banki va Turkmaniston o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi Mamlakat bilan hamkorlik doirasini amalga oshirishni muhokama qilishdi. Jahon banki suv resurslari va transport infratuzilmasi loyihalarini o‘z ichiga olgan asosiy milliy ustuvorliklarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv Antonella Bassani boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Teglar

Mavzuga oid