«Kulrang bozor»: Xorijiy mashinalar Rossiyaga qanday kirmoqda?
Sanksiyalar joriy etilganiga qaramay, maxsus eksport sxemalari orqali BMW, «Mercedes», «Toyota» va «Mazda» kabi brendlar Rossiya bozoriga yetib bormoqda. Bu mexanizmda Xitoy asosiy bog‘lovchi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xitoydan Rossiyaga o‘n minglab avtomobillar «kulrang bozor» sxemalari orqali eksport qilinmoqda. Bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlari va ushbu savdoda ishtirok etgan besh nafar манбага tayanib, «Reuters» xabar berdi.
Схемалар ko‘pincha G‘arb va Osiyo davlatlari joriy etgan sanksiyalarni, shuningdek, avtomobil ishlab chiqaruvchilarining Rossiya bozoridan chiqish bo‘yicha majburiyatlarini chetlab o‘tishga imkon beradi.
Sanksiyalar va kompaniyalarning bunday va’dalari Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga bostirib kirishiga javob sifatida qabul qilingan edi. Biroq Rossiyaning «Autostat» tadqiqot kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, «Toyota» va «Mazda» avtomobillaridan tortib, nemis lyuks modellarigacha bo‘lgan mashinalar savdosi hali ham jadal davom etmoqda. Bu, qisman, Rossiya dilerlariga Xitoydagi vositachilar orqali buyurtma berish imkonini yaratadigan norasmiy tarmoqlar hisobiga amalga oshmoqda.
Ma’lumotlar va manbalarga ko‘ra, ushbu avtomobillarning aksariyati Xitoyda ishlab chiqarilgan, chunki ko‘plab xalqaro brendlar u yerda mahalliy hamkorlar bilan mashina yig‘adi yoki boshqa davlatlarda ishlab chiqarilib, keyin Xitoy orqali yuboriladi. Shunga qo‘shimcha ravishda, «nol yurishli ishlatilgan» avtomobillar soni ortib bormoqda: bu yangi mashinalar bo‘lib, dilerlar yoki savdogarlar tomonidan Xitoyda sotilgan deb rasmiylashtiriladi, so‘ngra «ishlatilgan» deb qayta tasniflanib, eksport qilinadi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili yoritgan bu amaliyot Xitoydagi kuchli subsidiyalangan va o‘ta raqobatli avtomobil bozorining natijasi hisoblanadi. Bu holat ishlab chiqaruvchilar va dilerlarga sotuv ko‘rsatkichlarini sun’iy ravishda oshirish, subsidiyalar olish va ortiqcha avtomobillarni eksport qilish imkonini beradi. Sichuanda joylashgan avtosavdo kompaniyasida sobiq eksportchi bo‘lgan Жан Ay Жзюнning aytishicha, Yevropa, Yaponiya va Janubiy Koreya brendlariga tegishli yangi mashinalar «ishlatilgan» deb rasmiylashtiriladi va shu yo‘l bilan ishlab chiqaruvchining Rossiyaga sotish bo‘yicha roziligini olish talabidan qochiladi.
«Bu usul bilan eksport qilish osonroq», – deydi u.
«Reuters» rossiyalik diler va transport hujjatlariga tayanib, «nol yurishli ishlatilgan» avtomobillar Xitoyda odatda katta chegirmalar bilan sotilishiga qaramay, Rossiyada ular hech qachon ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yangi avtomobillar bilan deyarli bir xil narxda sotilmoqda, deya xabar berdi.
Moskvadagi «Panavto-Zapad» avtosaloni savdo direktori Dmitriy Zazulinning aytishicha, ko‘plab mijozlar faqat G‘arb brendlariga, masalan «Mercedes» avtomobillariga qiziqadi.
«Biroq hozirda biz ularni faqat parallel kanallar orqali olib kela olamiz», – deydi u.
«Mercedes-Benz», BMW, «Volkswagen» va sanksiyalar joriy etgan hududlarga mansub boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar Rossiyaga sotuvni taqiqlaganini va ruxsatsiz eksportning oldini olish uchun dilerlar bilan o‘rganishlar o‘tkazish va shartnomaviy bandlar kiritish orqali barcha imkoniyatlarini ishga solayotganini ma’lum qildi. Biroq ular bunday qoidabuzarliklarni tekshirish juda qiyin ekanini ta’kidladi. «Mercedes» bayonotiga ko‘ra, bunday tekshiruvlar «vaqt talab qiladigan va murakkab» bo‘lib, uchinchi tomonlar yordamini talab etadi.
BMWning ma’lum qilishicha, u Xitoydagi chakana faoliyatiga Rossiyaga har qanday ehtimoliy avtomobil eksportlariga qat’iy qarshi turishini aytib qo‘ygan. Kompaniya qo‘shimcha qilib shunday degan:
«Agar mashinalar shunga qaramasdan kulrang bozor orqali Rossiyaga kirsa, bu bizning nazorat hududimizdan tashqari va aniq ravishda biz istamagan holda sodir bo‘ladi», – deyiladi BMW izohida.
«Reuters»ning ismi sir qolishini istagan (rossiyalik diler) manbasining aytishicha, uning Vladivostokdagi avtosalonida cheklangan xorijiy mashinalar omborda saqlanmaydi, balki mijozlar buyurtmasini qondirish uchun ularni Xitoydagi savdogarlardan alohida-alohida sotib oladi.
«Ko‘pgina vositachilar bor: bu biri boshqasini bilsa, o‘sha biri yana boshqasini bilsa, va shu orqali dilerga yetishi mumkin», – deydi u.
Savdo hajmi
«Autostat» to‘plagan ma’lumotlar minglab avtomobillar savdosini aks ettiradi. Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, Xitoydan import qilingan mashinalar Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan barcha G‘arb va Yapon brendlari avtomobillarining tobora kattaroq ulushini tashkil etadi, shuningdek, Janubiy Koreya brendlari ham doimiy hajmda savdoga chiqmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yildan beri Xitoyda ishlab chiqarilgan bunday mashinalar soni ikki baravarga ko‘paygan. 2025 yilda Rossiyada sotilgan qariyb 130,000 ta sanksiyalar joriy qilgan davlatlar brendlariga tegishli mashinalarning yarmi aynan Xitoyda ishlab chiqarilgan. 2022 yil boshida Rossiya Ukrainaga bosqin boshlaganidan beri, Rossiyada bu turdagi xorijiy brendlardan 700,000 dan ortiq avtomobil sotilgan.

«Autostat» ma’lumotlari shuni ko‘rsatdiki, rossiyaliklar o‘tgan yili Xitoy avtomobillaridan tashqari, «Toyota»ni eng ko‘p sotib olgan. Biroq «Toyota» bayonotida 2022 yildan beri Rossiyaga yangi mashinalar eksport qilinmayotgani aytilgan:
«Toyota» Rossiyaga yangi avtomobil eksport qilmaydi», – деган kompaniya, «Autostat» ma’lumotlariga alohida izoh бермасdan.
«Mazda» ham shunga o‘xshash bayonot berib, Rossiyada sotilgan yangi brent mashinalarining «Mazda» nazoratidan tashqaridagi uchinchi shaxslar orqali qayta sotilganini» qo‘shimcha qildi.
Yevropaning «Bennink Dunin-Wasowicz» huquqiy firmasi sanksiyalar bo‘yicha mutaxassisi Sebastiyan Bennikning aytishicha, mahsulotlarga qo‘yilgan cheklovlarga qaramay, ular Rossiyaga turli yo‘llar orqali olib kirilishi kuzatiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalardan chetlab o‘tish usullari shunchalik ko‘pki, ayrim mashinalar Rossiyaga yetib borishini oldini olish «deyarli imkonsiz».
Germaniya iqtisodiyot vazirligi bojxona organlari muntazam sanksiya buzilish holatlarini tekshirib, boshqa YI davlatlari bilan hamkorlik qilishиni aytdi.
Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi ishlab chiqaruvchilar, eksportchilar va dilerlar sanksiya qoidalariga amal qilishga majbur ekanini bildirdi, ammo Xitoydan Rossiyaga Yapon avtomobillari savdosi haqida izoh bermadi.
Janubiy Koreya savdo vazirligi eksport nazoratidan chetlab o‘tishning oldini olish uchun ish olib borilayotganini va Rossiyaga ishlatilgan mashinalarning bilvosita eksportiga qarshi choralar ko‘rilganini bildirdi.
Rossiyada Xitoyda ishlab chiqarilgan xorijiy brend avtomobillari savdosi ortib bormoqda
Yevropa Ittifoqi, AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya barcha avtomobil sanksiyalarini joriy qildi. Ular odatda Rossiyada qimmat avtomobillar, katta motorli mashinalar, shuningdek, barcha elektromobillar va gibridlarning sotuvini taqiqlaydi. Shuningdek, ushbu hududlar brendidagi avtomobil ishlab chiqaruvchilar Rossiyadagi biznesini to‘xtatish yoki keskin cheklashga va’da berishdi.
«Autostat» ma’lumotlariga ko‘ra, bu choralar sanksiya qo‘llangan hududlardan kelgan mashinalarning Rossiyadagi savdosini 2021 yildagi 1 milliondan ortiqdan taxminan 1/8 qisqartirdi.
Biroq, ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, Xitoyda ishlab chiqarilgan Germaniya va Yaponiya brendlariga tegishli mashinalar savdosi ortib bormoqda. Ba’zi sanoat tahlilchilari bu tendensiyani «nol yurishli ishlatilgan» mashinalarning eksport ortishi bilan bog‘laydi.

Bu mashinalar ba’zi sanoat ma’lumotlari bazasida ko‘rinmaydi; masalan, «GlobalData» tahqiqot kompaniyasi bu yil Rossiyada Germaniya brendlariga tegishli yangi avtomobillar sotilmaganini xabar qildi. Biroq «Autostat» ma’lumotlari Rossiyadagi yangi avtomobillarning ro‘yxatdan o‘tkazilishiga asoslangani uchun, nol yurishli import qilingan mashinalar ham «yangi» deb hisoblanadi, ular avval Xitoyda ro‘yxatdan o‘tganmi yoki yo‘qmi, farqi yo‘q.
«Autostat» ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiyada qariyb 30,000 «Toyota» sotib olingan, ularning qariyb 24,000 tasi Xitoyda ishlab chiqarilgan. Shu davrda qariyb 7,000 «Mazda» sotilgan, ularning aksariyati ham Xitoyda ishlab chiqarilgan.
«Toyota» va boshqa yapon brendlarining gibrid modellari Rossiyada eng mashhur yapon avtomobillari qatoriga kiradi», – дейishgaн «Reuters»ning Xitoy avtomobil chakana savdoсидаги ikki manbasi.
Nemis lyuks mashinalari ham «kulrang bozor» orqali Rossiyaga kirmoqda
Germaniya avtomobillari ham Rossiyada katta talabga ega. «Autostat» ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiyada qariyb 47,000 ta yangi BMW, «Mercedes» va «Volkswagen Group» avtomobillari, shu jumladan «Audi», «Porsche» va «Skoda» brendlari ro‘yxatdan o‘tgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu mashinalardan 20,000 dan ortig‘i Xitoyda ishlab chiqarilgan. Sanoat tahlilchilari va Rossiyaga avtomobil import qiluvchi manbalardan birining aytishicha, qolganlari Yevropa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan, ammo ko‘pincha Rossiyaga yo‘l olishdan oldin Xitoy orqali o‘tgan. Rossiyalik dilerning aytishicha, ko‘pchilik xorijiy mashinalar qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganiga qaramay, Xitoy orqali import qilinadi.
«Car Industry Analysis» platformasi tahlilchisi Felip Munozning aytishicha, Rossiya elitasi orasida mashhur modellardan biri bo‘lgan «Mercedes G-class» faqat Avstriyada ishlab chiqariladi va uning narxi taxminan 120,000 yevro (qariyb 142,700 dollar) turadi. «Reuters»ning bir nechta transport hujjatlariga tayanib yozishicha, «Mercedes GLC 300» va «BMW X1 xDrive25i» kabi boshqa Germaniya lyuks mashinalari ham Xitoy orqali Rossiyaga kiritilgan.
«Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi avtomobil savdosi so‘nggi yillarda sezilarli darajada o‘sdi, shu bois Germaniyadan Xitoyga import qilingan ko‘plab mashinalar oxirida Rossiyaga yetib boradi», – deydi Munoz.





