add

O‘zbekiston YeI va Panama bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

Yana 3 ta davlat qoldi.

O‘zbekiston YeI va Panama bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.

Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunovning yozishicha, Yevropa Ittifoqidan tashqari, Panama bilan ham muzokaralar yakunlandi. O‘zbekiston JSTning 31-davlati bilan kelishuvga erishgan. Faqat uchta davlat bilan muzokaralar yakunlansa, kifoya.

«Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 ta davlat bilan bozorga kirish, jumladan, eksport va import bojlari hamda xizmatlar bo‘yicha imtiyozlar berish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu ikki yildan ortiq davom etgan faol muzokaralar, muloqot, tahlil va birgalikdagi ishlarning fidoyilik, qat’iyat va hamkorlikka to‘la yo‘li bo‘lib, ularning barchasi bugungi o‘zaro manfaatli natijaga olib keldi», - deya yozgan u LinkedIn’da.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston YeI va Panama bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi | Vaqt.uz