Logo

O‘zbekistonning 650 kg kolbasa mahsulotlari Qirg‘izistonga kiritilmadi

Bugun 20:451 daqiqa

Qirg‘iziston rasmiy idorasi nega bunday qilinganiga izoh berdi

O‘zbekistonning 650 kg kolbasa mahsulotlari Qirg‘izistonga kiritilmadi © Foto: smartpress.by

O‘sh viloyatidagi Qirg‘iziston–O‘zbekiston davlat chegarasida joylashgan «Do‘stlik» chegara veterinariya nazorati punktida O‘zbekistondan olib borilayotgan 650 kg kolbasa mahsulotini Qirg‘izistonga kiritishga ruxsat berilmadi. Bu haqda Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Vazirlikning yozishicha, yuk chegara veterinariya nazorati punkti inspektorlari tomonidan tekshirilganda, mahsulotda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining veterinariya-sanitariya talablari buzilgani aniqlangan. Xususan, mahsulotda markirovka, yorliq yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Shu sabab ham yuk O‘zbekistonga qaytarib yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda go‘sht narxlari ketma-ket bir necha haftadan buyon o‘sishda davom etayotgani haqida yozgan edik. Asosiy muammo narxning o‘zi emas: ayrim hududlarda aholi bir oylik daromadiga poytaxtdagilarga nisbatan ikki barobar kamroq go‘sht sotib olishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonning 650 kg kolbasa mahsulotlari Qirg‘izistonga kiritilmadi | Vaqt.uz