add

«Qayerdaligingizni bilamiz»: «Mossad» Eron amaldorlariga ochiq tahdid qilmoqda

15.06.2025 | 11:3048173

Isroil razvedka xizmati Eron hukumatidagi yuqori lavozimli shaxslar va ularning yaqinlariga tahdidlar yubormoqda. Xona eshigiga xat yoki rafiqasiga qo‘ng‘iroq qilish orqali yuborilgan bu tahdidlar Eron elitasini qo‘rqitish maqsadini ko‘zlaydi.

«Qayerdaligingizni bilamiz»: «Mossad» Eron amaldorlariga ochiq tahdid qilmoqda
Isroilning razvedka xizmati — «Mossad» Eron hukumatidagi yuqori martabali shaxslar va ularning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan amaldorlarga shaxsiy tarzda tahdid yubordi. Bu haqda The Washington Post gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Mossad» ayrim eronlik amaldorlarning oila a’zolari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan — masalan, rafiqasiga qo‘ng‘iroq qilgan yoki xona eshigiga tahdid xatini qoldirgan. Xabarlar shunday mazmunda bo‘lgan: «Biz qayerda ekaningizni bilamiz». Bu esa josuslik xizmati tomonidan ochiqcha ogohlantirish sifatida qabul qilinmoqda. Nashrning Isroil rasmiy shaxslaridan iborat suhbatdoshlari Eron rahbarlarini yo‘q qilish kampaniyasi davom etishi mumkinligini ta’kidladi. Gazeta yozishiga qaraganda, Isroil amalga oshirgan hujumlar oldindan, bir necha hafta yoki oy davomida Eron hududida «Mossad»ning maxfiy josuslik guruhlari tomonidan tayyorlangan. Ushbu operatsiya doirasida qurol, dron va portlovchi moddalar saqlanadigan yashirin joylar tashkil etilgan. 13 iyunga o‘tar kechasi isroillik josuslar Tehron markazidagi uylarga zarba bergan. Bu uylarda Eron hukumatida muhim qarorlar qabul qiladigan shaxslar bo‘lgani aytilyapti.

Teglar

Mavzuga oid