Logo

Qaysi hududlarda kredit eng ko‘p vaqtida to‘lanmaydi?

O‘zbekiston bo‘ylab kreditni o‘z vaqtida to‘lash ko‘rsatkichi sezilarli farq qiladi. Eng “intizomli” qarz oluvchi maqomini Navoiy viloyati egallab turibdi.

Qaysi hududlarda kredit eng ko‘p vaqtida to‘lanmaydi?

2026 yil I chorak yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston banklarida muammoli kreditlar ulushi umumiy kredit portfeliga nisbatan 3,2 foizni tashkil qilmoqda. Biroq hududlarga qarab kreditni o‘z vaqtida to‘lash ko‘rsatkichi farq qilmoqda.

1-aprel holati bo‘yicha banklarning kredit portfeli 623,3 trln so‘mga yetdi. Bunda muammoli kreditlar (NPL) ulushi 19,9 trln so‘m yoki 3,2 foiz bo‘ldi. Ochiq ma’lumotlar portalida muammoli kreditlar ko‘rsatkichi hududlar kesimida joylashtirilgan.

Muammoli kreditlar (NPL, Non-Performing Loans) — qarz oluvchi belgilangan muddatda asosiy qarz yoki foiz to‘lovlarini bajarmayotgan kreditlar hisoblanadi. Odatda 90 kundan ortiq muddati o‘tgan kreditlar muammoli kredit sifatida tasniflanadi.

Unga ko‘ra, Surxondaryoda o‘z vaqtida qaytarilmaydigan kreditlar ulushi bo‘yicha 6,2 foiz bilan yetakchilik qilmoqda.

Keyingi o‘rinni Andijon viloyati egalladi. Bu hududda muammoli kreditlar ulushi 5,8 foizни tashkil etgan. Toshkent viloyatida esa bu ko‘rsatkich 4,1 фоиз, Farg‘ona viloyatida 3,9 foiz va Jizzax viloyatida 3,4 foiz bo‘lib turibdi.

rasm

Telegram: @bankmijoz

Poytaxtda muammoli kreditlar ulushi O‘zbekistondagi o‘rtacha darajadan biroz pastroq bo‘lib, 3 foizni tashkil etmoqda. Biroq Toshkent shahri banklarning eng yirik kredit portfeliga ega hudud bo‘lgani sababli, muammoli kreditlarning mutlaq hajmi eng katta hisoblanadi.

Shaharda jami kredit portfeli 284,7 trln so‘mni, muammoli kreditlar esa 8,55 trln so‘mga yetgan. Bu barcha muammoli kreditlarning deyarli 43 foiziga teng.

Mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan past natija qayd etilgan hududlar qatoriga Qoraqalpog‘iston (2,8 foiz), Namangan (2,7 foiz), Qashqadaryo (2,7 foiz), Samarqand (2,5 foiz), Sirdaryo (2,5 foiz), Xorazm (2,4 foiz), Buxoro (2,2 foiz) va Navoiy (1,9 foiz) kirdi.

Navoiy viloyati kreditni o‘z vaqtida qaytarish bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega. Bu viloyat aholisini eng “intizomli” qarz oluvchi deyish mumkin.

Banklar kesimida vaziyat qanday?

1-iyun holatiga ko‘ra, banklardagi muammoli kreditlar bo‘yicha vaziyat yomonlashgan. I chorakka nisbatan umumiy kreditlarga nisbatan NPL ko‘rsatkichi 3,7 foizgacha ko‘paydi.

NPL ulushi davlat banklarida o‘rtacha 4 foizni, xususiy banklarda 3,2 foizni tashkil qiladi. Garant bank (13,9 foiz) va TBC Bank (10,4 foiz) eng yuqori muammoli kreditlar ko‘rsatkichiga ega.

Umuman olganda, 2026 yilda qaytarilmayotgan kreditlar sezilarli ko‘paymoqda. Yil boshidan beri ularning miqdori 18,1 trln so‘mdan 23,6 trln so‘mga, ulushi esa 3 foizdan 3,7 foizga oshdi.

Kredit portfeli kichikligi sabab Uzum Bank va Octobank’da muammoli kreditlar umuman yo‘q.

Teglar

Mavzuga oid