add

Rossiya Ukrainaning 1 foiz yeri uchun 400 ming askar yo‘qotdi

15.05.2025 | 09:5729613

So‘nggi 16 oyda Rossiya 400 ming askardan mahrum bo‘lib, Ukrainaning faqat 1 foiz hududini egallay oldi. Bu — Ikkinchi jahon urushidan beri eng yirik yo‘qotishlardan biri.

Rossiya Ukrainaning 1 foiz yeri uchun 400 ming askar yo‘qotdi
The New York Times nashrining yozishicha, AQSH hukumati va Urushni o‘rganish instituti (ISW) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil boshidan 2025 yil apreligacha bo‘lgan 16 oy mobaynida Rossiya armiyasi Ukrainadagi janglarda 400 mingga yaqin askarni yo‘qotgan. Bu yo‘qotishlar qatoriga halok bo‘lganlar va og‘ir yaralanganlar kiradi. Shu vaqt mobaynida Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning faqat 4731 km² — ya’ni umumiy hududining 1 foiziga ham yetmagan qismini egallay olgan. Har bir kilometr kvadrat hudud uchun Rossiya armiyasi o‘rtacha 84 askar yo‘qotgan. Inglizcha hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiya 2022 yildan buyon Ukrainada deyarli 1 mln askarni safarbar etgan, shularning 376 mingga yaqini frontda og‘ir yaralanib, nogironga aylangan. Bu Bryansk yoki Tver shahri aholisiga teng. 2025 yil may holatiga ko‘ra, Rossiya armiyasi Ukrainaning taxminan 20 foizini nazorat qilmoqda. Ular jumlasiga Luhanskning deyarli to‘liq hududi va Donetsk, Zaporijjya hamda Xerson oblastlarining katta qismi kiradi. Biroq, Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, bu hududlarning aksar qismi urushning ilk haftalarida egallangan. Prezident Vladimir Putin esa muzokaralarda Ukrainadagi to‘rtta oblastning to‘liq nazoratini talab qilmoqda. Bu hududlarning bir qismi Rossiya armiyasi qo‘liga o‘tmagan bo‘lsa-da, Kreml ulardan voz kechish niyatida emas.

Teglar

Mavzuga oid