add

Yadro urushida omon qolish ehtimoli yuqori bo‘lgan davlatlar aytildi

11.07.2025 | 19:2039915

Mutaxassislarning baholashicha, yadro urushi tufayli dunyo aholisining katta qismi halok bo‘lishi mumkin. Ammo Yangi Zelandiya va Avstraliya kabi geografik jihatdan xavfsiz davlatlarda yashash imkoni saqlanib qoladi.

Yadro urushida omon qolish ehtimoli yuqori bo‘lgan davlatlar aytildi
Xavfsizlik sohasidagi mutaxassis Enni Jeykobsenning so‘zlariga ko‘ra, yadro urushi boshlangan birinchi 72 daqiqada Yerdagi 8 milliard aholining 5 milliardga yaqini halok bo‘lishi mumkin. Uning ta’kidlashicha, Yer yuzida faqat ikkita davlat nisbatan xavfsiz hudud sifatida qaralmoqda: Yangi Zelandiya va Avstraliya. Yangi Zelandiya — bu mamlakatning xavfsizligi, birinchi navbatda, geografik jihatdan yadro nishonlaridan uzoqda joylashgani bilan izohlanmoqda. Barqaror iqlim «yadroviy qish»dan — tutun va kul quyosh nurini to‘sib qo‘yadigan vaziyatdan saqlanish imkonini beradi. Shuningdek, mamlakat siyosiy betaraflikni saqlagan, yadroviy qurolga qarshi qat’iy siyosat yuritadi. Qishloq xo‘jaligi yo‘q bo‘lib ketganida yadroviy qish boshlanadi. O‘rta kengliklarni muz qatlami qoplaydi, quyosh nuri yerga yetib kelmaydi va odamlar ochlikdan halok bo‘ladi, deydi Jeykobsen. Avstraliyaning ayrim hududlari — xususan Tasmaniya va aholi zich joylashmagan ichki mintaqalar — ikkinchi xavfsiz hudud sifatida tilga olinmoqda. Shu sababli yadroviy urushdan keyin ham yashash uchun yaroqli bo‘lib qoladi. Otago universiteti olimlari Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari yana Islandiya, Solomon orollari va Vanuatuni ham yadroviy urush oqibatlarini yengib o‘tishga qodir joylar sifatida ko‘rsatgan. Amerika Olimlar Federatsiyasining 2024 yil avgust holatidagi hisobotiga ko‘ra, dunyoda umumiy 12 000 dan ortiq yadroviy kallak mavjud. Ulardan eng ko‘pi Rossiya (5 580 ta) va AQSH (5 044 ta) hissasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu ikki davlat jahon yadroviy qurol arsenalining 90 foizini tashkil etadi. Xitoy 2024 yilda 500 ta yadroviy kallakka ega bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yil boshiga kelib ular soni 600 taga yetdi. Bir yilda mamlakat 100 ta yangi kallak ishlab chiqardi. Shu bilan Xitoy AQSH va Rossiyadan keyin dunyodagi uchinchi yirik yadroviy davlatga aylandi. Bundan tashqari, Hindiston ham yadroviy qurollar sonini oshirgan yagona davlat bo‘ldi. 2024 yilda 172 ta kallakka ega bo‘lgan Hindiston, 2025 yilga kelib bu ko‘rsatkichni 180 taga yetkazdi. Bu o‘sish so‘nggi yillarda hududiy va geosiyosiy ziddiyatlar kuchayganini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid