Logo

Abdusattorov, Sindarov, Toxirjonova...: Prezident Shaxmat olimpiadasi g‘oliblarini mukofotladi

Бугун 21:443 дақиқа

Prezident «46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Abdusattorov, Sindarov, Toxirjonova...: Prezident Shaxmat olimpiadasi g‘oliblarini mukofotladi © Фото: Евгений Сорочин / Gazeta

Ilk bor Samarqand shahrida o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashgan bir guruh shaxmatchilar, ularning ustozlari hamda soha mutasaddilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Farmonga muvofiq, dunyoning 200 dan ziyod davlatidan kelgan eng kuchli shaxmatchilar o‘rtasida O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar davlat mukofotlari va unvonlariga loyiq ko‘rilgan:

“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan
Madaminov Muxiddin Baxodirjon o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
 
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan

Abdusattorov Nodirbek Fazliddin o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
Voxidov Shamsiddin Pulat o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
Yakubboyev Nodirbek Murodbek o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
 
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan

Kasimjanov Rustam Mashrukovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi
Shermuhammadov Samandar Nurulla o‘g‘li - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
 
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

Sindarov Komil Oydinovich - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari
 
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Sindarov Javohir Sanjarbekovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
 
“Do‘stlik” ordeni bilan

Mo‘minova Nafisa Alisherovna - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi

Sattarov Bobir Muxamadi o‘g‘li - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bosh kotibi

Talipov Rashid Azatovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sport yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul xodimi
 
“Mardlik” ordeni bilan

Vaxidov Jaxongir Tairovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

Zaynidinov Sirojiddin Savranbekovich - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Kakishova  Selbi Saparbay qizi - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Kimsanboyev Axadxon Azizxon o‘g‘li - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Mamarajabov Sardorbek Zohidjon o‘g‘li - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Shayusupov Marsel Vyacheslavovich - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
 
“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Abdisalimov Abdimalik Boxodir o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

Azizov Komiljon Ikromovich - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining axborot texnologiyalari va shaxmat metodikasi bo‘yicha mutaxassisi

Begmuratov Humoyun Xusniddinovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

Mardonov Javlon O‘tkir o‘g‘li - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining axborot texnologiyalari va shaxmat metodikasi bo‘yicha mutaxassisi

Nig‘matov Ortiq Ravshan o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi

Suyarov Muxammadzoxid Shaxriyor o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
 
“Sog‘lom turmush” medali bilan

Djumayev Baxtiyor Melikulovich - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining musobaqalarni tashkil etish bo‘yicha mutaxassisi, sharhlovchi

Imomqo‘ziyeva Nilufarxon Nodirbek qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

Karimova Guldona Abubakir qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

Omonova Umida Shuhrat qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

Toxirjonova Gulruxbegim Alisher qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

Xamdamova Afro‘za Akbarovna - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi

Теглар

Мавзуга оид

Abdusattorov, Sindarov, Toxirjonova...: Prezident Shaxmat olimpiadasi g‘oliblarini mukofotladi | Vaqt.uz