Logo

Azizbek Toshtemirov haqidagi ma’lumotlar «Interpol»ning ochiq ro‘yxatidan olib tashlandi

Кеча 22:402 дақиқа

Xalqaro qidiruvga berilgan Migratsiya agentligining sobiq mulozimi yaqinda agentlikning amaldagi va sobiq rahbarlarini yirik korrupsiya, tovlamachilik hamda davlat mablag‘larini talon-toroj qilishda ayblab chiqqan edi.

Azizbek Toshtemirov haqidagi ma’lumotlar «Interpol»ning ochiq ro‘yxatidan olib tashlandi

Migratsiya agentligining Janubiy Koreyadagi vakolatxonasi sobiq rahbari Azizbek Toshtemirovning ma’lumotlari «Interpol»ning qizil ro‘yxatida ko‘rinmay qoldi. Uning xalqaro qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatidan chiqarilgani haqida hozircha rasmiy axborot berilmagan.

Sobiq mulozimning ism-sharifi faqat omma uchun ochiq sahifadan olib tashlangan, ammo «Interpol»ning ichki politsiya bazasida hamon saqlanayotgan bo‘lishi mumkin.

Qidiruv va o‘zaro ayblovlar tarixi

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning mart oyida turli qonunbuzarliklar uchun ishdan bo‘shatilgan Azizbek Toshtemirov joriy yilning may oyida firibgarlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan edi. Bunga qadar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti O‘zbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq qariyb 90 million dollardan ziyod miqdordagi yirik korrupsion holatlar fosh qilingani haqida xabar bergan.

Xalqaro qidiruvga berilganidan keyin Toshtemirov o‘zining «Koreya24 soat» kanali orqali bayonotlar e’lon qilib, o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etgan hamda Migratsiya agentligining sobiq va amaldagi rahbarlariga nisbatan jiddiy iddaolarni ilgari surgan edi. Xususan, u agentlik rahbariyatini tizimdagi ko‘zbo‘yamachiliklar, sun’iy navbatlar yaratish, soxta imtihonlar, tovlamachilik hamda qo‘l ostidagilardan qimmatbaho mahsulotlar va avtomobil talab qilishda ayblagan.

Ma’lum qilinishicha, Toshtemirovning ushbu iddaolari yuzasidan Migratsiya agentligiga qator so‘rovlar yuborilgan bo‘lsa-da, qonunda belgilangan muddatlar o‘tib ketganiga qaramasdan, hozirga qadar rasmiy javob berilmagan.

Теглар

Мавзуга оид